$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

16:23 / 13.09.2026

AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda joriy yilning noyabr oyidagi oraliq saylovlar yaqinlashar ekan, ayniqsa Respublika partiyasi vakillari tomonidan musulmon siyosatchilarga qarshi islomofobik bayonotlar kuchaymoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu jarayon Michigan shtatidan Demokratik partiyaning Senat saylovida Abdul Al-Said g‘alaba qozonganidan keyin yanada avj olgan. Xususan, Respublikachi senator Tommi Tubervill uni Vashingtonga “terrorist” yuborishga ovoz berilganini aytgan va Al-Saidni “radikal islomchi” deb atagan.

Tadqiqotchilar buni 11 sentyabr teraktlaridan keyingi davrdan buyon AQSHda saylovlar oldidan kuzatilgan musulmonlarga qarshi eng kuchli ritorika to‘lqini sifatida baholamoqda. AQSHda musulmonlarga qarshi kayfiyatni o‘rganuvchi Institute for Social Policy and Understanding (ISPU) tadqiqotchisi Saher Selod 2025–2026 yillardagi islomofobik reklama hujumlari 11 sentyabrdan keyingi davrdagidan ham kuchli ekanini aytgan.

ISPU ma’lumotlariga ko‘ra, musulmonlarga qarshi stereotiplar asosida tuziladigan Islomofobiya indeksi 2022 yildagi 25 balldan 2025 yilda 33 ballga ko‘tarilgan. Pew Research Center so‘roviga ko‘ra esa, bugun AQSHda kattalarning 51 foizi Islom boshqa dinlarga qaraganda zo‘ravonlikni rag‘batlantirishi ehtimoli yuqori deb hisoblaygan.

Nashrga ko‘ra, ayni paytda musulmon amerikaliklarning siyosiy yutuqlari ham kuchaymoqda. Hozir AQSH Kongressida 4 nafar musulmon a’zo bor, yana bir nomzod saylanishi kutilmoqda. G‘azala Hoshimiy Virjiniya tarixida shtat miqyosida lavozimga saylangan birinchi musulmon ayol bo‘ldi, Zohran Mamdani esa 2025 yil yanvarda Nyu-Yorkning birinchi musulmon meriga aylangan.

Ma’lum qilinishicha, Al-Saidning g‘alabasidan keyin unga nisbatan islomofobik postlar soni bir hafta ichida qariyb 1900 foizga oshgan. Ular kuniga o‘rtacha 155 tadan 3000 tadan ko‘proqqa yetgan.

Hattoki, AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Al-Saidni “jihodchi” deb atagan va “jihodchilar” mamlakat bo‘ylab davlat lavozimlariga saylanayotganini aytgan. Vitse-prezident Jey Di Vens esa uni “juda-juda yovuz” deb atagan.

Respublikachi senator Ted Kruz Al-Said va Mamdanini “islomchilar” deb atab, ular shariat qonunlarini istashini aytgan. Kongress a’zosi Nensi Meys esa AQSHda davlat lavozimidagi har bir musulmonni milliy xavfsizlik va respublika uchun tahdid deb atagan. Florida vakili Rendi Fayn “ko‘proq islomofobiya kerak” degan bo‘lsa, Tennessi vakili Endi Ogls “musulmonlar Amerika jamiyatiga tegishli emas” deb yozgan.

Respublika partiyasi rahbariyati esa bu bayonotlarga asosan munosabat bildirmagan.

Bildirilishicha, islomofobik ritorika siyosatchilarning alohida bayonotlari bilan cheklanib qolmayapti. Texas gubernatori Greg Ebbott ham islom qonunlari joriy etilishiga qarshi chiqib, musulmonlar namozdan oldin tahorat oladigan maxsus joylar tashkil etilgani bilan bog‘liq masalalarni ko‘targan va qoralagan. Shuningdek, u Dallas yaqinida masjid atrofida qurilishi rejalashtirilgan turar joy majmuasiga qarshi chiqqan.

Center for the Study of Organized Hate ma’lumotlariga ko‘ra, 13 oy davomida 89 nafar saylangan amaldor ishtirokida musulmonlarga qarshi 1111 ta ijtimoiy tarmoq posti va 8 ta qonun loyihasi bilan bog‘liq muvofiqlashtirilgan kampaniya qayd etilgan.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar Al-Said va Mamdaniga bildirilgan har qanday tanqidni islomofobiya deb baholamaslik kerakligini ta’kidlamoqda. Masalan, Al-Said Dirborn yaqinidagi sinagogaga qilingan hujumdan keyin bildirgan ayrim fikrlari uchun tanqid qilingan va keyinchalik uzr so‘ragan. Mamdani esa “global intifada” shiorini bir ma’noda qoralamagani uchun tanqidga uchragan.

Tadqiqotchilarning fikricha, muammo musulmon siyosatchilarning diniy e’tiqodi ularning siyosiy qarashlari va dasturlaridan ustun qo‘yilayotganida. Selodning ta’kidlashicha, Al-Saidga nisbatan hujumlarda uning siyosiy platformasi emas, aynan diniy shaxsiyati nishonga olinmoqda.

Tadqiqotchilar islomofobik kayfiyat siyosiy qarashlar bilan bog‘liq ekanini ham qayd etmoqda. ISPU ma’lumotlariga ko‘ra, konservativ qarashdagi amerikaliklar musulmonlarga qarshi stereotiplarni qo‘llab-quvvatlash ehtimoli boshqalarga qaraganda 13 foizga yuqori.

Mutaxassislar Respublika partiyasidagi reytinglarning pasayishi va noyabr saylovlarida ehtimoliy yo‘qotishlar fonida musulmonlarga qarshi ritorika saylovchilar e’tiborini boshqa masalalardan chalg‘itish vositasi sifatida qo‘llanilayotgan bo‘lishi mumkinligini ham qayd etigan. Respublikachilar shuningdek, bugungi kunda ommabopligi past bo‘lgan Eron urushi va aholi xarajatlarining oshib borayotgani bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.



														
														Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026

														
														AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026

														
														Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha Milliy mudofaa vazirligi mamlakatning urush va zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga to‘liq tayyorgarligini ta’minlashga …
09:41 / 03.10.2026

														
														IShIDni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik erkak AQShga ekstraditsiya qilindi

IShIDni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik erkak AQShga ekstraditsiya qilindi

O‘zbekistonlik, hozirda Amerika fuqarosi bo‘lgan erkak xorijiy terroristik tashkilotlarga moddiy yordam bergani uchun ayblov…
10:01 / 26.09.2026

														
														Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026

														
														AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda joriy yilning noyabr oyidagi oraliq saylovlar yaqinlashar ekan, ayniqsa Respublika partiyasi vakillari tomonidan musu…
16:23 / 13.09.2026

														
														Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Kecha, 9-sentyabr kuni Moldovadan Norvegiyaga uchayotgan Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya q…
11:21 / 10.09.2026

														
														YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026

														
														Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma jori…
18:35 / 02.09.2026

														
														AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda 36 yoshli ayol sud qarori bilan farzandining otasiga berilishi belgilanganidan so‘ng 11 oylik o‘g‘lini olib qochib, u…
12:55 / 30.08.2026

Bu ham qiziq

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026
AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026
Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotida ilk mustaqil pa…
09:37 / 10.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

9-oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kut…
15:35 / 08.10.2026
Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026
O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026
Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Foydalanish imkoniyati yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan avtomobillar davlat ro‘yxatidan chiqarilib, ularga tegishli davlat r…
09:26 / 09.10.2026
“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026
AQShda turistlar uchun Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi

AQShda turistlar uchun Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi

AQSHda prezident Donald Trampning Oval kabineti nusxasi yaratilib, Oq uy yaqinidagi “Xalq uyi” muzeyiga joylashtirildi. Bu h…
15:10 / 08.10.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

6–8-oktabr kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining urug‘chilik masalalari bo‘yicha Hukum…
17:27 / 08.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!