$
11915.64 UZS
28.92
146.19 UZS
-0.18
13749.46 UZS
32.19
31° Kechasi 18°

Madaniyat va san’at sohasida 2020-yil 1-sentabrdan qanday o‘zgarishlar kutilmoqda? 

15:45 / 27.05.2020

2020-yil 1-sentabrdan davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etiladi.


Bu borada kecha, 26-may kuni “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-sentabrdan boshlab:

– 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan chop etiladi va ular ta’lim muassasalariga to‘liq yetkaziladi.

– Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan, ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni 2020-yil 1-sentabrdan boshlab xususiy teatrlarda ham sahnalashtirish va ijro etishga ruxsat beriladi.

– ko‘chma sirklar tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi;

– ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari mazkur tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligini to‘lov undirilmagan holda ta’minlaydi;

– davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bog‘lari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda ko‘chma sirklar tomonidan tomosha tadbirlari o‘tkazish uchun ijara va boshqa turdagi to‘lovlar undirilmaydi;

– o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya, lapar) asrash va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatidan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

– maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy maktabi muassasasi – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’at instituti;

– davlat muassasasi shaklidagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti;

– Madaniyat vazirligi tizimida Respublika musiqa va san’at kolleji tashkil etildi.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji etib qayta tashkil etildi.

V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari maktab-internatlar uchun belgilangan imtiyozlarni tatbiq etgan holda tegishlicha V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablariga aylantirildi. 

2020-yil sentabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilindi.

“Ochiq eshiklar kuni”da fuqarolar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

2020–2025-yillar davomida bosqichma-bosqich har bir tuman va shaharda tarix va madaniyat davlat muzeylarining filiallari shaklida o‘lkashunoslik muzeylari tashkil etiladi.

Farmon bilan 15-aprel “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilindi.


Bu ham qiziq

Tramp: “AQShga millionlab noqonuniy muhojirlar kirishining oldini oldim”

Tramp: “AQShga millionlab noqonuniy muhojirlar kirishining oldini oldim”

AQSh Prezidenti Donald Tramp Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda mamlakatga noqonuniy muhojirlar oqimi to‘xtatilganini…
09:24 / 07.08.2026
Eronda besh oy ichida ilk bor Mojtabo Xomanaiy tasvirlangan kadrlar namoyish etildi

Eronda besh oy ichida ilk bor Mojtabo Xomanaiy tasvirlangan kadrlar namoyish etildi

Eronning «Mehr» davlat agentligi mart oyida oliy rahbar lavozimiga tayinlanganidan beri ilk bor Mojtabo Xomanaiy aks etgan v…
14:38 / 09.08.2026
Navoiyda korxona 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan

Navoiyda korxona 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan

Navoiy viloyatining Nurota tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi,…
11:24 / 08.08.2026
Turkiyalik olimning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi taqdim etildi

Turkiyalik olimning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi taqdim etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbeki…
16:30 / 07.08.2026
Senat Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomini belgilovchi qonunni ma’qulladi

Senat Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomini belgilovchi qonunni ma’qulladi

7 avgust kuni Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”g…
10:33 / 08.08.2026
Qulay shahar muhiti — aniq yechimlar orqali

Qulay shahar muhiti — aniq yechimlar orqali

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining jamoat xavfsizligi va qon…
09:11 / 07.08.2026
Bugun, 7-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 7-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

7 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI6 avgust soat 20 dan 7 avgust soat 20 gacha
16:51 / 06.08.2026
Qozog‘istonda ilk bor yo‘lovchili uchuvchisiz havo taksisi parvoz qildi

Qozog‘istonda ilk bor yo‘lovchili uchuvchisiz havo taksisi parvoz qildi

Qozog‘istonda ilk bor bortida yo‘lovchi bo‘lgan uchuvchisiz havo taksisi sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Qozog‘isto…
10:37 / 08.08.2026
Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

7 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida parvozlar xavfsizlig…
16:58 / 08.08.2026
Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli tovlamachi qo‘lga olindi

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli tovlamachi qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida “Mansur Kazanskiy” laqabi bilan tanilgan shaxs 100 ming AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olayotg…
14:35 / 09.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!