$
11783.47 UZS
-14.45
139.70 UZS
1.7
13688.86 UZS
-51
31° Kechasi 18°

Prezident Gʻaniyev va Xaitovni balandparvoz raqamlarga berilib ketganini tanqid qildi

19:48 / 05.09.2022

Bugun, 5-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash va zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda bir nechta amaldorlar qo‘shib yozishlarga berilib ketgani tanqid ostiga olindi.

“Agrar sohada belgilab olgan katta islohotlarimizni jadal amalga oshirish birinchi navbatda ushbu soha rahbarlari Gʻaniyev, Xaitov, yangi vazir Voitov va o‘rinbosarlari fidoyiligiga bog‘liq.

Bandlikni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish ham birinchi galda qishloq xo‘jaligidagi o‘sishga bog‘liqligini ular tushunishi kerak”,— deydi Prezident.

Lekin, Bosh vazir o‘rinbosari Sh.Gʻaniyev, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Xaitov hali eskicha ishlayotgani, balandparvoz raqamlarga berilib ketgani tanqid qilindi.

Soha rahbarlarining vazifasi Prezidentga katta-katta raqamlar bilan hisobot berish emas, qishloqdagi dehqon, fermer masalasini hal qilish, og‘irini yengil qilish ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Lekin, muhim ishlar chetda qolib, qo‘shib yozishlar, noma’qul ishlar ko‘payib borayotgani qat’iy tanqid ostiga olindi.

Yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Teshayev lavozimidan ozod etilgani, vazir o‘rinbosari Sh.Mirzayevga hayfsan berilgani aytib o‘tildi.

“Bundan buyon Gʻaniyevdan ham, Xaitovdan ham, yangi vazir Voitovdan ham juda qattiq so‘rov bo‘ladi”,— deydi Prezident so‘zining yakunida.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti eshitildi.

 

 


Bu ham qiziq

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Ayrim hududlarda havo ochiq bo‘lishi mumkin, yog‘ingarchilik kuti…
16:54 / 07.09.2026
Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026
O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

O‘zbekiston PISA 2025 xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi qatorida ishtirok etdi. Mamlakat mazkur xalqaro baho…
14:13 / 08.09.2026
Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida ilk avtomobil ko‘prigi ochildi

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida ilk avtomobil ko‘prigi ochildi

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida Tumangan daryosi ustidan o‘tuvchi ilk avtomobil ko‘prigi foydalanishga topshirildi. Bu …
09:55 / 08.09.2026
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni jadallashtirish vazifalari belgilandi

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni jadallashtirish vazifalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiq…
17:39 / 10.09.2026
11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026
Rossiya Xarkovda Ukraina harbiy texnikalariga zarba berganini ma’lum qildi

Rossiya Xarkovda Ukraina harbiy texnikalariga zarba berganini ma’lum qildi

Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatida Ukraina qo‘shinlariga tegishli harbiy texnikalarga dronlar orqali zarba berganini…
15:21 / 09.09.2026
Bugun O‘zbekistonda havo harorati 38 darajagacha ko‘tariladi

Bugun O‘zbekistonda havo harorati 38 darajagacha ko‘tariladi

10-sentyabr kuni O‘zbekiston hududining aksariyat qismida biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu h…
16:11 / 09.09.2026
Davlat yeri va binosini sotib olishda to‘lov shartlari yengillashtiriladi

Davlat yeri va binosini sotib olishda to‘lov shartlari yengillashtiriladi

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirishda yangi moliyaviy imkoniyatlar joriy etilmoqda. …
15:33 / 09.09.2026
AQSh Kanadadan alkogol va mototsikl importini taqiqlaydi

AQSh Kanadadan alkogol va mototsikl importini taqiqlaydi

AQSH 29-sentyabrdan Kanadadan ayrim turdagi alkogolli ichimliklar, mototsikllar va sut mahsulotlarini import qilishni taqiql…
09:34 / 09.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!