$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

15:58 / 09.09.2026

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarlicha aniq ma’lumot olmagani haqidagi yangi hujjatlar e’lon qilindi. Ularda havo tarkibida sog‘liq uchun xavfli moddalar mavjud bo‘lgani qayd etilgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

E’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, teraktlardan bir necha oy o‘tib ham Quyi Manxettenda asbest va boshqa zararli moddalar aniqlangan. 2002-yil iyulida, ya’ni hujumlardan qariyb 10 oy o‘tganidan keyin ham Jahon savdo markazidan 1,5 kilometrdan kamroq masofadagi Jon-strit binosida asbest izlari topilgan.

Ayrim namunalarda asbest miqdori ruxsat etilgan me’yorlardan yuqori bo‘lgan. Shuningdek, Jahon savdo markazi vayronalari yaqinida saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan benzolning yuqori konsentratsiyasi ham aniqlangan.

Biroq o‘sha paytdagi Nyu York meri Rudolf Juliani hamda keyinchalik shahar rahbari bo‘lgan Maykl Blumberg havo sifati aholi uchun xavfsiz ekanini bildirgan. Rasmiylar o‘tkazilgan tekshiruvlarda zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan chegaralarda ekanini ta’kidlagan.

Yangi hujjatlarda esa ayrim hududlarda sog‘liq uchun xavf saqlanib qolgan bir paytda odamlarning Jahon savdo markazi atrofiga qaytishiga ruxsat berilgani ko‘rsatilgan.

Hujjatlar 9/11 Health Watch tashkilotining sud da’vosidan so‘ng ommaga taqdim etilgan. Tashkilot rahbari Ben Chevatning aytishicha, rasmiylar zaharli moddalar mavjudligidan xabardor bo‘lgan, biroq jamoatchilikka hududdagi havo xavfsizligi haqida boshqa ma’lumot berilgan.

Yangi ma’lumotlar 11-sentyabr teraktlari oqibatida sog‘lig‘i yomonlashgan jabrlanuvchilarga federal kompensatsiya olishda yordam berishi va yangi sud da’volariga asos bo‘lishi mumkin.

The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi yillarda 11-sentyabr hujumlari oqibatida yuzaga kelgan kasalliklar sabab vafot etganlar soni teraktlarning o‘zida halok bo‘lgan qariyb 3 ming kishidan ham oshgan bo‘lishi mumkin.

11-sentyabr voqealarining iqtisodiy oqibatlari ham katta bo‘lgan. Braun universitetining Costs of War loyihasi hisob-kitoblariga ko‘ra, teraktlarning bevosita iqtisodiy zarari 35–109 milliard dollarni tashkil etgan. Hujumlardan keyingi harbiy operatsiyalar va terrorizmga qarshi kurash bilan bog‘liq umumiy xarajatlar esa 2022-yilga kelib 5,8 trillion dollarga yetgan. Kelajakdagi davolanish va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ham hisobga olinsa, bu ko‘rsatkich qariyb 8 trillion dollarga baholangan.


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026
23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026
20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

Andijon viloyatida 20 ming AQSh dollarini xorijga noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mi…
09:25 / 25.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoq…
14:49 / 24.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
15:59 / 21.10.2026
30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

19-23-oktyabr kunlari V “Zakovat-Gambit” turnirining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil musobaqada ishtirok eti…
14:14 / 24.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!