Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatida Ukraina qo‘shinlariga tegishli harbiy texnikalarga dronlar orqali zarba berganini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hujum Slijnevo va Kurgannoye aholi punktlari oralig‘ida amalga oshirilgan. Operatsiyada Rossiya Qurolli kuchlarining uchuvchisiz tizimlar bo‘linmasi harbiy xizmatchilari ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, harbiy xizmatchilar hududda Ukraina qo‘shinlariga tegishli tank va avtomobil texnikalarini aniqlagan. Shundan so‘ng mazkur texnikalarga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida zarba berilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi hujum jarayoni aks etgan videoyozuvni ham e’lon qilgan.
Mazkur ma’lumot Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, Ukraina tomoni hozircha ushbu bayonot yuzasidan izoh bermagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!