$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga tabrik yo‘lladi

09:23 / 25.05.2026

“Aziz farzandlarim, hurmatli ustoz va murabbiylar, muhtaram ota-onalar!

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Mana shu hayajonli damlarda 472 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz maktab ta’limini tugatib, katta hayotga yo‘llanma olmoqda.

Ana shunday unutilmas ayyom bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Biz bugun kelajak rejalarini tuzayotgan sizdek farzandlarimiz timsolida Yangi O‘zbekistonni dunyoga tarannum etadigan bunyodkor kuchni ko‘ramiz.

Joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod farzandlarimiz maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda. Bunday intiluvchan o‘g‘il-qizlarimiz kelajakda ham o‘z tengdoshlariga namuna bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi deb ishonaman.

Har bir maktab bitiruvchisining hayotda munosib o‘rin egallashi uchun hozirgi kunda katta kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etyapmiz.

Albatta, bugungi bitiruvchi – ertangi muhandis, shifokor, olim, shoir va adib, tadbirkor degani. Bugungi bitiruvchi – Uchinchi Renessans bunyodkori degani. Sizlar Yangi O‘zbekistonning eng katta ishonchi va tayanchisiz.

Mamlakatimizda 207 ta oliygoh va 643 ta texnikum sizlarga zamonaviy bilim, kasb va malaka berishga tayyor. Tirishqoq, o‘z kuchiga ishongan yoshlarimiz hali maktabni tugatmasdan turib, yurtimizdagi, chet eldagi nufuzli oliygohlarga kirishga ulgurdi. Masalan, 171 nafar yoshlarimiz dunyoning yetakchi universitetlariga, yana minglab bitiruvchilar mamlakatimizdagi oliygohlarga qabul qilindi.

Ana shu farzandlarimni, ularning ota-onalari va ustozlarini bunday yutuqlari bilan chin dildan tabriklayman.

Aziz bitiruvchilar!

O‘zingiz ko‘ryapsiz, bugun hayot ham, mehnat bozoridagi talab ham shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Yangi-yangi kasblar paydo bo‘lyapti. Til, kasb, kompyuter savodxonligi va mustaqil daromad topish ko‘nikmasini egallash muhim zaruratga aylanmoqda. Mehnat bozori endi, avvalo, “hujjat” emas, amaliy bilim, malaka va natija so‘rayapti.

Bugun qishloqdagi oddiy maktab bitiruvchisi ertaga dunyo tan oladigan olim bo‘ladi. Bugun oldiga katta maqsadlar qo‘ygan, intiluvchan, izlanuvchan yoshlarimiz ertaga millionlab insonlarga xizmat qiladigan texnologiyalarni yaratadi. Bugun kitob o‘qiyotgan bir qizaloq ertaga mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan farzandlarni tarbiyalaydi.

Shu bois, har biringiz kamida bittadan xorijiy til va zamonaviy kasbni egallashga harakat qiling. Bu kelajakka ochilgan eshik, siz uchun qo‘shimcha imkoniyat va rag‘batdir.

Tadbirkor bo‘lishni istaydigan yoshlarimiz uchun banklar joriy yil 25 trillion so‘m arzon kreditlar taklif etmoqda. Startap loyihalarini boshlagan bitiruvchilarga esa 100 million dollar mablag‘ tayyorlab qo‘yganmiz. Eng yirik AT kompaniyalar har yili kamida 50 ming bitiruvchini sun’iy intellekt bo‘yicha o‘qitib, yuqori daromadli ishga joylashtirishga tayyor. Kelgusi yillarda 168 ming gektar super intensiv sanoatlashgan bog‘lar tashkil qilamiz. Mazkur loyihalarda qatnashmoqchi bo‘lgan bolalarimni men doim qo‘llab-quvvatlayman.

Mana shu yangi sohalarda sizlar, albatta, o‘z kasbingizning haqiqiy egasi bo‘lasiz!

Qadrli farzandlarim!

Bugungi tez o‘zgarayotgan davrda hayotga, uning keskin talablariga tayyor bo‘lish bu – eng muhim vazifa.

Ushbu yo‘lda sizlar uchun eng yaqin do‘st va eng kuchli qurol – kitobdir. Chunki kitob – nur, ilm va ibrat manbai. Ko‘p kitob o‘qigan inson hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi, kuchli iroda, keng dunyoqarashga ega bo‘ladi.

Bugungi hayotimizda sizlar uchun o‘rnak bo‘ladigan yutuqlarimiz, yosh-yosh qahramonlarimiz ko‘p. To‘rt-besh yil oldin maktabni tugatgan Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Abduqodir Husanov kabi mashhur sportchilarimiz shaxmat va futbol olamida butun dunyoni qoyil qoldirmoqda.

Yosh kino ijodkorlarimiz suratga olgan qisqa metrajli film Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi inklyuziv filmlar festivalida Gran-pri mukofotini olishga sazovor bo‘ldi.

Kuni kecha futbol bo‘yicha milliy terma jamoamizni jahon chempionatiga katta tantana bilan kuzatdik.

Barchamizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydigan bunday yutuqlar ilgari tariximizda hech qachon bo‘lmagan.

Ko‘ryapsizlarmi, chin dildan intilsa, harakat qilsa, Yangi O‘zbekiston yoshlari qanday buyuk marralarni zabt etishga qodir!

Men ishonaman, sizlarning orangizdan ham ana shunday millat qahramonlari, Yangi O‘zbekiston iftixorlari yetishib chiqadi!

Bu dunyoda har bir ongli inson ota-onasi, ustozlari va el-yurti ishonchini oqlashga intilib yashaydi. Inson uchun eng ulug‘ baxt, ulkan sharaf aslida shu.

Siz bugun maktabni tugatdingiz, lekin katta hayot maktabi endi boshlanmoqda.

Men sizlarga ana shunday tengsiz baxt, yuksak saodat egasi bo‘lishlaringizni tilayman.

Oldingizga katta maqsadlar qo‘yishdan hech qachon qo‘rqmang!

O‘zingizga ishonib, hamisha olg‘a boring!

Doimo o‘zgarishlar, islohotlar ruhi bilan yashaydigan avlod bo‘ling!

Shu yo‘ldagi ilk qadamlaringiz qutlug‘ va barakali bo‘lsin!

Barchangizga baxt va omad hamisha yor bo‘lsin, aziz farza


O‘zbekiston


														
														Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta yengilliklar e’lon qilindi

Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta yengilliklar e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznes uchun yanada qulay muhit yara…
08:28 / 27.05.2026

														
														Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Jahon meteorologiya tashkiloti hamda “O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida g‘arbiy nam havo oqimlari k…
17:18 / 26.05.2026

														
														Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish…
17:12 / 26.05.2026

														
														O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan erkak AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan erkak AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan AQSh huquq-tartibot idoralari hamda AQShning Toshke…
17:02 / 26.05.2026

														
														27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:39 / 26.05.2026

														
														Ustoz qadri yuksak bo‘lsa, jamiyatda adolat ham mustahkam bo‘ladi

Ustoz qadri yuksak bo‘lsa, jamiyatda adolat ham mustahkam bo‘ladi

Yaqinda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda informatika fani o‘qituvchisi va o‘quvchilar o‘rtas…
13:54 / 26.05.2026

														
														Toshkentda yangi pulli halqa yo‘li va aeroport magistrali qurilishi mumkin

Toshkentda yangi pulli halqa yo‘li va aeroport magistrali qurilishi mumkin

Poytaxtda transport tirbandligini kamaytirish maqsadida uzunligi qariyb 100 kilometr bo‘lgan pulli halqa yo‘li qurilishi muh…
12:39 / 26.05.2026

														
														Farg‘onaning unutilgan poytaxti

Farg‘onaning unutilgan poytaxti

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida, Sirdaryo bo‘yida joylashgan qadimiy Ahsikent bugun ham ming yillik tarix nafas…
12:22 / 26.05.2026

														
														Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fu…
12:13 / 26.05.2026

														
														Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari hamda respublika hududlaridagi savdo komplekslariga Qurbon hayiti arafasida narxlar…
11:13 / 26.05.2026

Bu ham qiziq

Soliq inspeksiyasida korrupsiya holati fosh etildi

Soliq inspeksiyasida korrupsiya holati fosh etildi

Korruptsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tom…
10:15 / 26.05.2026
“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang” — Saida Mirziyoyeva terma jamoaga murojaat qildi

“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang” — Saida Mirziyoyeva terma jamoaga murojaat qildi

Kecha Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi.
16:30 / 23.05.2026
Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta yengilliklar e’lon qilindi

Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta yengilliklar e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznes uchun yanada qulay muhit yara…
08:28 / 27.05.2026
Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari hamda respublika hududlaridagi savdo komplekslariga Qurbon hayiti arafasida narxlar…
11:13 / 26.05.2026
Rossiyada bankomat va terminallar internetsiz ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiyada bankomat va terminallar internetsiz ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi hamda aloqa operatorlari bankomat va to‘lov terminallarining mobil internetsiz ishlash…
00:51 / 23.05.2026
Farg‘onada media sohasi rivojiga bag‘ishlangan yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada media sohasi rivojiga bag‘ishlangan yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada mingga yaqin ishtirokchini jamlagan Media forum tashkil etild
10:06 / 24.05.2026
Lionel Messi milliarderga aylandi

Lionel Messi milliarderga aylandi

Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messining boyligi 1 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
00:57 / 23.05.2026
Noqonuniy yer savdosi ortidan mansabdorlar qo‘lga olindi

Noqonuniy yer savdosi ortidan mansabdorlar qo‘lga olindi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq bir nechta mansabdor shaxslar ushlandi.
07:18 / 23.05.2026
27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:39 / 26.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar …
02:13 / 24.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!