Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi ilk bir palatali Qurultoy saylovlariga start berildi.
Ovoz berishda 12,6 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etishi kutilmoqda. Mamlakat bo‘ylab 10 mingdan ortiq saylov uchastkasi faoliyat yuritmoqda. Xorijda ham Qozog‘iston fuqarolari uchun saylov uchastkalari tashkil etilgan.
Saylovlar mamlakatdagi keng ko‘lamli siyosiy islohotlardan keyin o‘tkazilmoqda. Avval Senat va Majlisdan iborat bo‘lgan ikki palatali parlament faoliyati 30-iyun kuni yakunlangan.
Yangi siyosiy tizimga ko‘ra, ikki palatali parlament o‘rniga bir palatali Qurultoy tashkil etildi. Shuningdek, mamlakatda vitse-prezident lavozimi qayta joriy etildi va Xalq kengashini tashkil etish rejalashtirilgan.
Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasi esa 1-iyuldan kuchga kirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!