Koson tumani Mahallalar uyuşmasi bölimi boşliğiga xizmat tekşiruvi tayinlandi
Qaşqadaryo viloyatining Koson tumani Mahallalar uyuşmasi bölimi boşliği Ubaydulla Oçilovga fuqaroga nisbatan qöpol muomalasi ortidan xizmat tekşiruvi tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Mahallalari uyuşmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda mansabdor şaxs fuqaroga nisbatan qöpol muomala qilib, tahdidli sözlar aytayotgani aks etgan.
Ma’lum qilinişiça, hodisa 28-iyul kuni Ubaydulla Oçilov fuqarodan köçaga tökilgan qumni olib taşlaşni talab qilgan paytda yuz bergan. Tomonlar örtasida tortişuv kelib çiqqaç, bölim boşliği qöpol muomalaga ötgan.
Mahallalar uyuşmasi matbuot xizmati videodagi xatti-harakat va muomala uslubi davlat xizmatçisi odob-axloq me’yorlariga mutlaqo zid ekanini ta’kidlab, bunday holatlarni qat’iyan qoraladi.
Holat yuzasidan işçi guruh tuzilib, xizmat tekşiruvi boşlandi. Örganiş yakunlariga köra, mansabdorning xatti-harakatlariga qonunçilik doirasida huquqiy baho berilişi va tegişli çoralar körilişi ma’lum qilindi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Quva tumani hokimi Halimjon Umarov hamda Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov fermerlarga nisbatan qöpol muomalasi sabab xizmat tekşiruvidan ötgan va ularga intizomiy jazo qöllangandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!