Bugun, 6-fevral kuni soat 13:06 da 112 tizimi orqali Andijon viloyati, Andijon shahar, Nayman ko‘chasi hududida joylashgan Yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli bo‘lgan oziq-ovqat saqlash omborida (bozor hududida bo‘lmagan) yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Viloyat FVB axborot xizmati ma’lum qilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:13 da hodisa joyiga yetib borgan va sodir bo‘lgan yong‘in soat 13:36 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida oziq-ovqat saqlash omborining 75 kv.m maydonda shift tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!