AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farmoni ijrosini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, Merilend shtatining Grinbelt shahridagi federal sudya Debora Bordman muhojirlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning murojaatidan so‘ng dastlabki taqiqlov chorasi joriy qilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, Tramp ma’muriyati yangi farmon asosida suddagi da’vo doirasiga kiruvchi bolalarga AQSH fuqaroligini rad etishi yoki ularning fuqaroligini tan olmasligi mumkin emas.
Sudya Debora Bordmanning ta’kidlashicha, AQSH Oliy sudi mazkur toifaga kiruvchi bolalar tug‘ilgan paytidanoq AQSH fuqarosi hisoblanishi masalasida allaqachon huquqiy pozitsiyasini bildirgan.
Bordman, shuningdek, Trampning yangi farmoni ushbu bolalarga nisbatan qo‘llanilgan taqdirda, uning “deyarli aniq konstitutsiyaga zid” bo‘lishini qayd etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!