“Reuters” nashri xabar berishicha, 25-yanvar kuni AQShda kuzatilgan kuchli qor bo‘ron oqibatida 8 ta janubiy shtatda bir milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qolgan. Shuningdek, Federal favqulodda holat e’lonlari kamida 12 shtatda tasdiqlangan.
FlightAware parvozlarni kuzatish sayti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh bo‘ylab rejalashtirilgan qariyb 11 mingta aviaqatnov bekor qilingan. Undan bir kun avval esa 4 mingdan ortiq reys bekor qilingan.
Bundan tashqari, Vashingtondagi Ronald Reygan nomidagi milliy aeroport kecha, 25-yanvar kuni barcha reyslar bekor qilinganini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-York, Filadelfiya va Shimoliy Karolinadagi Sharlott kabi yirik shaharlardagi aeroportlarda reyslarning 80 foizdan ortig‘i bekor qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!