O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining Kimyo va Biologiya bakalavriat yo‘nalishlari hamda mazkur fanlar bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari 16-yanvar kuni Germaniyaning nufuzli ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Ushbu yo‘nalishlar mamlakatimizda ilk bor ASIIN akkreditatsiyasini olgan ta’lim dasturlari bo‘lib, universitetdagi ta’lim standartlari, o‘quv jarayoni, professor-o‘qituvchilar salohiyati va ilmiy faoliyatning xalqaro talablarga mosligini tasdiqlaydi.
2030-yil 30-sentyabrgacha amal qiladigan sertifikatlar mazkur yo‘nalish bitiruvchilarining diplomlari Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlarda tan olinishiga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy faoliyat yuritishi va kimyo-biologiya sohalarida xalqaro mehnat bozoriga chiqishiga keng yo‘l ochadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!