Ispaniyalik 22 yoshli tennischi Karlos Alkaras Avstraliya ochiq chempionati finalida serbiyalik Novak Jokovich ustidan g‘alaba qozonib, faoliyati davomida ilk bor Australian Open chempioniga aylandi. Melburnda bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi uchrashuv 2:6, 6:2, 6:3, 7:5 hisobida Alkaras foydasiga yakunlandi.
Mazkur g‘alaba Alkaras uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. U erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi barcha turnirlarda g‘olib chiqqan eng yosh tennischiga aylandi. Bunga qadar “Katta dubulg‘a” turnirlarining barchasida g‘olib chiqqan eng yosh tennischi rekordi Rafael Nadalga (24 yosh) tegishli edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!