$
11783.47 UZS
-14.45
139.70 UZS
1.7
13688.86 UZS
-51
31° Kechasi 18°

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

09:41 / 13.09.2026

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqining Kopernik iqlim o‘zgarishini o‘rganish xizmati (C3S) ma’lumotlariga ko‘ra, oy davomida global o‘rtacha harorat sanoatlashuvgacha bo‘lgan davrdagidan 1,5 darajadan ko‘proqqa yuqori bo‘lgan.

Avgust oyida dunyoning turli hududlarida iqlim va ob-havo bilan bog‘liq favqulodda hodisalar kuzatildi. Nepal va Xitoyning Tibet hududida suv toshqinlari va ko‘chkilar yuzlab insonlarning hayotiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, Indoneziya, Belgiya va Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari kuchaydi. Vengriya va Ruminiyada esa kuchli qurg‘oqchilik qayd etildi.

C3S ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida dunyo bo‘yicha yer yuzasidagi havoning o‘rtacha harorati 16,96 darajani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich XIX asrda, ya’ni insoniyat neft, ko‘mir va gazni sanoat miqyosida yoqa boshlagan davrdagi o‘rtacha haroratdan 1,65 daraja yuqori.

Haroratning sanoatlashuvgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,5 darajadan oshishi alohida ahamiyatga ega. Chunki qariyb 200 davlat 2015-yildagi Parij iqlim kelishuvi doirasida global isishni uzoq muddatda shu chegarada ushlab qolishga harakat qilishga kelishgan.

Biroq mutaxassislar avgust oyidagi rekord harorat Parij kelishuvidagi 1,5 darajalik chegaraning rasman buzilganini anglatmasligini ta’kidlamoqda. Mazkur chegara alohida oy yoki yil ko‘rsatkichiga emas, balki uzoq muddatli o‘rtacha haroratga nisbatan belgilanadi. Hozirda global uzoq muddatli isish darajasi sanoatlashuvgacha bo‘lgan davrga nisbatan taxminan 1,4 darajani tashkil etmoqda.

Yevropada esa issiq ob-havo oqibatlari yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Uzoq davom etgan issiqlik to‘lqinlari ekinlarga zarar yetkazdi, daryolardagi suv sathi pasaydi va tuproq namligi kamaydi. Ayrim hududlarda yo‘llar va temiryo‘llar zarar ko‘rdi, maktablar yopildi, shifoxonalarga murojaatlar ko‘paydi.

BMT ham global isishni 1,5 daraja doirasida saqlab qolish tobora qiyinlashayotganini bildirgan. Tashkilot mamlakatlarni me’yordan ortiq isish xavfini kamaytirish uchun karbonat angidrid chiqindilarini tezroq qisqartirishga chaqirmoqda.

Avvalroq Fransiyada 2026-yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz sifatida qayd etilgani xabar qilingan edi. Mamlakatda iyun oyining oxirida kuzatilgan kuchli issiqlik to‘lqini oqibatida 2 025 ta qo‘shimcha o‘lim holati qayd etilgan.


Qiziqarli


														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

														
														Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026

														
														AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026

														
														Nokia 44 kungacha quvvat ushlaydigan yangi telefon chiqarishi mumkin

Nokia 44 kungacha quvvat ushlaydigan yangi telefon chiqarishi mumkin

Internetda hali rasman taqdim etilmagan Nokia 300 4G Power Bank tugmachali telefonining texnik xususiyatlari tarqaldi.
11:14 / 19.07.2026

														
														AQSh da 16 nafar bola to‘rt yil davomida bitta xonada saqlangani aniqlandi

AQSh da 16 nafar bola to‘rt yil davomida bitta xonada saqlangani aniqlandi

AQSHning Ogayo shtatida joylashgan Hamden qishlog‘idagi xaroba uydan to‘rt yil davomida bitta xonada yashashga majbur qiling…
15:02 / 02.07.2026

														
														Paxtaqanddan ham yengil bo‘lgan ulkan sayyoralar aniqlandi

Paxtaqanddan ham yengil bo‘lgan ulkan sayyoralar aniqlandi

Astronomlar hajmi jihatidan deyarli Yupiterga teng, ammo zichligi paxtaqanddan ham past bo‘lgan ikkita noyob sayyorani kashf…
10:05 / 27.06.2026

														
														JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

Bu ko‘rsatkich 2022-yil Qatar chempionatiga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lsa-da, umumiy ta’sir dinamikasi pasayib borayotga…
18:04 / 21.03.2026

														
														“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

2025-yili “Safia” brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Madina-Qandolat” MChJ 1,2 trln so‘m daromad oldi. Bu haqda iHamkor.u…
15:39 / 19.03.2026

														
														Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Tadqiqotda insonlarning hayotdan qoniqish darajasi, ishonch, xavfsizlik va kelajakka ishonch kabi omillar baholangan. Mutaxa…
08:29 / 04.02.2026

Bu ham qiziq

Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Toshkent–Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi…
11:34 / 11.09.2026
Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 mingga yaqin kishi o‘z joniga qasd qiladi. 15–29 yoshdagi yoshlar orasida suitsid 2021-yilda o‘lim saba…
10:22 / 12.09.2026
Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron neft, gaz va suyuq yonilg‘i mahsulotlarini tashuvchi xorijiy kemalardan olinadigan 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor …
10:48 / 11.09.2026
O‘zbekistonda 420 mln so‘mgacha bo‘lgan nizosiz talablarni notarius orqali undirish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 420 mln so‘mgacha bo‘lgan nizosiz talablarni notarius orqali undirish mumkin bo‘ladi

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida nizosiz talablarni notarial tartibda rasmiylashtirish va ijro etish tartib…
10:54 / 11.09.2026
Ostonada ayol 15-qavatdan tushib, 2 yoshli bola bo‘lgan aravachaga qulab tushdi

Ostonada ayol 15-qavatdan tushib, 2 yoshli bola bo‘lgan aravachaga qulab tushdi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida fojiali hodisa yuz berdi. 27 yoshli ayol ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan tushib ketib,…
09:44 / 13.09.2026
Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi …
09:38 / 13.09.2026
Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Prezidentimiz Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi natijalarini ham…
09:08 / 12.09.2026
Kongoda maktabdagi yong‘in oqibatida 24 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Kongoda maktabdagi yong‘in oqibatida 24 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy qismida joylashgan Bukavu shahrida maktab hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oq…
09:33 / 11.09.2026
Shveysariyada niderland sayyohlari bo‘lgan avtobus ag‘darilib, bir necha kishi halok bo‘ldi

Shveysariyada niderland sayyohlari bo‘lgan avtobus ag‘darilib, bir necha kishi halok bo‘ldi

Shveysariyaning sharqiy qismidagi Alp tog‘lari hududida niderland sayyohlarini olib ketayotgan avtobus ag‘darilishi oqibatid…
10:00 / 11.09.2026
Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bir guruh fuqarolarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf o…
10:27 / 12.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!