$
11935.37 UZS
23.66
₽
145.58 UZS
-0.91
€
13432.07 UZS
112.4
31° Kechasi 18°

Avtomobil uchun notarius to‘lovlari kamaytirilmoqda

20:26 / 07.03.2022

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi masala deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
 
Qayd etilishicha, notarial harakatlar uchun to‘lanadigan bojlar sezilarli darajada kamaytiriladi.
 
Masalan, vafot etgan fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga nisbatan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishda davlat bojidan ozod qilish maqsadida notarial harakatlar amalga oshirilganda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varag‘idagi mablag‘lar uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilmoqda. 
 
Migrasiya va fuqarolik hujjatlarni rasmiylashtirish hamda berishda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar identifikasiya ID-kartalarini berganlik uchun davlat bojini to‘lash majburiyati bekor qilinadi.
 
Mazkur imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar tomonidan birinchi marotaba identifikasiya ID-kartalari olganda qo‘llaniladi. 
 
Ma’lum qilinishicha, notarial to‘lov ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun, agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa BHMning 1,5 baravari (amalda maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan BHMning 3 baravarigacha), boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa BHMning 1 baravari (amalda maydoniga qarab BHMning 50 foizidan BHMning 1,5 baravarigacha) etib belgilanadi. 
 
Shuningdek, mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun:
 
Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga BHMning 10 foizi (amalda BHMning 25 foizi);
 
Jismoniy shaxslar uchun BHMning 25 foizi (amalda BHMning 50 foizi);
 
Yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa BHMning 50 foizi (amalda BHMning 1 baravari);
 
Mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan “p” kichik bandida belgilangan hollar mustasno BHMning 25 foizi (amalda BHMning 50 foizi);
 
Garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
 
Jismoniy shaxslar o‘rtasida BHMning 1 baravari (amalda shartnoma summasiga qarab jismoniy shaxslar uchun BHMning 1 baravaridan BHMning 2 baravarigacha);
 
Yuridik shaxslar o‘rtasida yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa BHMning 2 baravari (amalda shartnoma summasiga qarab yuridik shaxslar uchun BHMning 2 baravaridan BHMning 4 baravarigacha).
 
Qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun BHMning 25 foizi miqdorida undiriladi (amalda shartnoma summasiga qarab, qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun BHMning 25 foizidan BHMning 1 baravarigacha). 
 
Qarz shartnomasi summasi chet el valyutasida ifodalansa, davlat bojining miqdori chet el valyutasidagi qarz summasining notarial harakat amalga oshirilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutadagi ekvivalentidan kelib chiqib hisoblanadi va undiriladi.

Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun: 
 
Avtotransport vositasi uchun BHMning 3 baravari (amalda transport vositasi dvigatelining quvvati ot kuchiga va ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 2 baravaridan BHMning 10 baravarigacha); 
 
Bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun BHMning 25 foizi (amalda BHMning 10 foizidan BHMning 50 foizigacha); 
 
Avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun boj boshqa shaxslarga BHMning 2 baravari (amalda BHMning 3 baravari) miqdorida notarial to‘lov amalga oshiradi.


Bu ham qiziq

Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro viloyati iqtisodiyoti joriy yilda ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, iqtisodiy ösiş esa 10,1 foizni taşkil e…
11:47 / 04.11.2026
Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026
Samarqandda tiriklayin kömilgan erkak 28 kunlik komadan söng vafot etdi

Samarqandda tiriklayin kömilgan erkak 28 kunlik komadan söng vafot etdi

Samarqand viloyati Payariq tumanida bir guruh şaxslar tomonidan kaltaklanib, tiriklayin kömib yuborilgan 32 yoşli erkak 28 k…
09:30 / 04.11.2026
Toşkentda Spark yonib ketdi

Toşkentda Spark yonib ketdi

Keça, 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida Spark avtomobilida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Fav…
12:51 / 03.11.2026
Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Özbekistonda fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimini eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkaziş rejalaşt…
15:03 / 02.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqand şahrida fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan turistik fi…
09:27 / 04.11.2026
Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasin…
11:40 / 04.11.2026
Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkent şahrida aksiz markasi bölmagan tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotiş bilan şuğullangan bir neça şaxslar uşlandi.
10:10 / 03.11.2026
Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!