$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bir yilda hech bo‘lmasa bir marotaba qilishingiz zarur bo‘lgan 11 ta ish

17:18 / 04.05.2023

Kundalik hayotimiz uchun zarur boʻlgan yumushlarni har kuni bajarish biz uchun oddiy hol boʻlib qolgan. Masalan, yaqinlarimiz uchun ovqat pishirish, qiziqqan mashgʻulotimiz bilan shugʻullanish. Lekin baʼzida arzimasdek koʻrinadigan, ammo hayotimizga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan shunday vazifalar borki, ularni yiliga kamida bir marotaba bajarishimiz shart. Bu galgi maqolada ana shu vazifalar haqida suhbatlashamiz.

Tibbiy koʻrikdan oʻtishni unutmang

Yilda bir marotaba boʻlsa ham shifokor koʻrigidan oʻtish zarar qilmaydi. Axir profilaktik tekshiruvlar natijasida kasallikni oldini olish yoki erta bosqichda aniqlash mumkin. Bu sogʻligimizda boʻlishi mumkin boʻlgan jiddiy muammolarning oldini oladi. Biroq koʻpchilik aynan qaysi shifokorlarning tekshiruvidan oʻtish kerakligini bilmaydi.  Ginekolog/urolog, stomatolog, oftalmolog, okulist va nevropatolog  yiliga kamida bir marta tashrif buyurish lozim boʻlgan shifokorlar qatoriga kiradi.

Uy hayvoningizni veterinarga olib boring

Agar uy hayvoningiz boʻlsa, uni vaqti-vaqti bilan veterinarga koʻrsatish ortiqcha boʻlmaydi. Hayvonlar ham tez-tez kasal boʻlishadi, ammo qayeri ogʻriyotganini ayta olmaydi. Ayniqsa, u boshqa insonlar yoki hayvonlar bilan koʻproq aloqada boʻlsa, bu xavf yanada ortadi. Shuning uchun, siz uy hayvoningizga ham gʻamxo‘rlik qilishingiz, vaqtida emlatishingiz lozim. 

Uylarni tozalab, keraksiz narsalardan xalos boʻling

Uyni tez-tez tozalab turish, changlar va besaramjonlikdan xalos boʻlish nafaqat sogʻligʻingizga, balki kayfiyatingizga ham oʻzgacha taʼsir qiladi. Oyna-yu pardalarni yuvish, maishiy texnika va yumshoq mebellarni tozalash hamda uyingizdagi uzoq muddatdan beri ishlatilmaydigan keraksiz narsalarni saralash esa yiliga kamida ikki-uch marotaba qilinishi zarur boʻlgan ishlardan biridir. 

Garderobingizni qayta koʻrib chiqing

Garderobda kiyilmaydigan kiyimlaringiz boʻlishi aniq, ayniqsa, yillab shkafda joy egallab turganlarini aytmasa ham boʻladi. Yiliga kamida bir marotaba baʼzi narsalardan voz kechish eng toʻgʻri qaror. Bu kelgusi mavsum uchun qanday kiyim sotib olishingiz kerakligini va ularni oʻzingizda bor narsalar bilan qanday moslashtirib yangi obraz yaratishingiz mumkinligi haqida oʻylab koʻrishingizga imkon beradi.

Moliyaviy ahvolingizni tahlil qiling

Moliyaviy ahvolingizni baholash yaqin kelajak uchun taxminiy xarajatlar va qoʻshimcha daromadlar haqida rejalar tuzib olish uchun yordam beradi. Albatta, qoʻshimcha daromadingizni yanada koʻpaytirish uchun nimalar qilishingiz kerakligi haqida haqida oʻylab koʻring. Balki bankga shaxsiy depozitingizni qoʻyarsiz yoki qimmatli qogʻozlar sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, kutilmagan katta xarajatlarga ham pul jamgʻarib qoʻyishingiz uchun ham moliyaviy imkoniyatlaringizni puxta tahlil qilib olishingiz zarur.

Gadjetlaringizni “tozalang”

Gadjetlaringizda anchadan beri foydalanilmaydigan ilovalar yoki dasturlar, oʻnlab deyarli bir xil boʻlgan fotosuratlar, allaqachon koʻrib boʻlingan filmlar yoki hozir sizga qiziq boʻlmagan bloglar bor. Bu kabi narsalarni vaqti-vaqti bilan saralash foydadan xoli boʻlmaydi. Birinchidan, gadjetingiz xotirasi biroz boʻlsa ham boʻshaydi. Ikkinchidan, keraksiz axborotlardan qutilib, yangi musiqa, filmlar va ilovalarni oʻrnatish ham dunyoqarashingizni yana-da oʻsishiga, yangi narsalarni oʻrganishingizga yordam beradi.

Avtomobilingizni ham yodingizdan chiqarmang

Profilaktik tekshiruv hamma narsa, shu jumladan, sizning mashinangiz uchun ham foydalidir. Albatta, avtomobilingizni qanchalik tez-tez tekshirish va taʼmirlash kerakligi uni ishlatish chastotasiga bogʻliq. Biroq har yili hech boʻlmaganda bir marotaba dvigatelning holatini, tormozlarning ishlashga yaroqliligini, gʻildiraklar va shinalarning muvofiqligini, rul boshqaruvining ishlashini tekshirib turing. Bularning barchasi sizning qulayligingiz va xavfsizligingizga bevosita taʼsir qiladi. Shuning uchun siz texnik tekshiruvlarni ham eʼtiborsiz qoldirmasligingiz kerak.

Maqsadlarni rejalashtiring va belgilang

“Men nimani xohlayman?”, “Hayotimda nimani oʻzgartirishim kerak?”, “Bu yil oldimga qoʻygan maqsadlarimni necha foiziga erishdim, rejalarim qanday?”, deb oʻzingizdan soʻrab turing. Bu maqsadingizga erishish uchun nimalar kerakligini, qanday qiyinchilik va imkoniyatlarga duch kelishingiz mumkinligini tushunishga yordam beradi. Maqsadni toʻgʻri belgilash rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish kalitidir. Oʻylagan gʻoyalaringizning afzalliklarini, kamchiliklarini va mumkin boʻlgan xavflarni baholang va keyin rejani amalga oshirishga oʻting.

Massaj kursiga yoziling

Juda oddiy narsa boʻlib tuyulishiga qaramay, bu ham tanangiz, ham ruhiy salomatligingiz uchun juda zarur. Massaj kursi nafaqat mushaklaringiz va boʻgʻimlaringizni ogʻriqdan xalos qiladi, balki sizga dam olishga va kundalik hayotdagi katta-kichik tashvishlardan biroz boʻlsa ham chalgʻishga yordam beradi. Ruhiy va jismoniy sogʻligʻingizga gʻamxoʻrlik qilish kelgusidagi faoliyatingizga ham ijobiy taʼsir qiladi.

Sayohatga chiqing

Sayohatning afzalliklari, uning qanchalik ajoyib ekanligi haqida koʻpchilik allaqachon biladi. Agar moliyaviy ahvolingiz uzoq safarga chiqishga imkon bermasa, muqobil yoʻlni oʻylab koʻring. Doʻstingizning yozgi uyiga tashrif buyurish, boshqa viloyat yoki shahardagi qarindoshlarnikiga borish, togʻ yonbagʻirlarda oilaviy piknik tashkil qilish – bularning barchasi katta mablagʻ talab qilmaydigan sayohat turlariga kiradi. Ular sizga eng muhim narsalarni – yangi his-tuygʻu va taassurotlar, doʻstlar bilan uchrashuv va maroqli dam olish imkoniyatini beradi.

Madaniy tadbirlarga boring

Madaniy tadbirlarda tez-tez qatnashsangiz yaxshi, albatta. Biroq vaqt tigʻizligi tufayli ilojingiz boʻlmasa, yilda kamida bu uchun bir kuningizni ajrating.  Muzeylarga, turli koʻrgazmalarga, spektakl tomosha qilish uchun boring, sevimli xonandangizning konsertiga tashrif buyuring yoki stadion tribunalarida sevimli jamoangizni qoʻllab-quvvatlang. Bu hayotga, yashashga boʻlgan qiziqishingizni yanada oshiradi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!