Bugun, 13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Tashrif davomida davlat rahbari O‘zbekiston metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangi loyihalar bilan tanishadi. Shuningdek, Prezident mamlakatda qora metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!