Qashqadaryoda suvdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha ishni sudga chiqarmaslik evaziga pul olgan mutaxassis ushlandi
Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlarni sudga chiqarmaslikni va’da qilib, pul olgan mutaxassis ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, “Qashqadaryo suv ta’minoti” AJ ichimlik suvi tizimi nazorat bo‘limi mutaxassisi S.M. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro X.B.dan uning o‘g‘li N.B.ga nisbatan tuzilgan dalolatnomani sudga yubormaslik hamda qayta hisob-kitob qilish orqali zararni bartaraf etish evaziga 1,2 mln so‘m talab qilgan.
U bank plastik kartasi orqali 1,2 mln so‘mni qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur mablag‘ protsessual tartibda qaytarilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!