$
12012.21 UZS
7.46
158.14 UZS
1.03
13731.16 UZS
39.74
31° Kechasi 18°

Dilnoza Kattaxonova tanishtirildi: xotin-qizlar yo‘nalishida 5 ta ustuvor vazifa belgilandi

09:13 / 11.07.2026

Kecha, 10-iyul kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bosh vazirning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Dilnoza Kattaxonovani jamoatchilik va soha vakillariga tanishtirdi.

19 milliondan ziyod ayollarimiz — bu ulkan kuch va ayni paytda katta mas’uliyat demakdir. Davlat xotin-qizlarning ehtiyoj va muammolarini qanchalik teran anglasa, har bir oilaning farovonligi shunchalik barqaror bo‘ladi. Aynan shu sababli bandlikni ta’minlash, xorijdagi hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash hamda zo‘ravonlikning oldini olish kabi masalalar vaqtinchalik choralar emas, balki puxta ishlab chiqilgan tizimli yondashuvni talab etadi.

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar: jazo muddatini o‘tayotgan, uyi va farzandlaridan uzoqda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Ular yolg‘izlanib qolmaganlarini, davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishlari kerak.

Dilnozaxon, Sizga bu yo‘lda oqilalik, qat’iyat, ishingizga omad va yurtimizdagi har bir ayolning hayotida aks etadigan ulkan natijalar tilayman, - dedi Saida Mirziyoyeva.

Yig‘ilishda xotin-qizlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilanib, yangi rahbar oldiga 5 ta asosiy vazifa qo‘yildi:

➡Iqtisodiy faol bo‘lmagan har bir xotin-qiz bilan manzilli ishlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish.

➡Xorijda mehnat qilayotgan xotin-qizlar va ularning oilalari bilan tizimli ishlash, farzandlari davlat e’tiborida bo‘lishini ta’minlash.

➡Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan ayollarni ta’lim, kasb, psixologik va huquqiy qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatga qaytarish.

➡Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini oladigan, xavfni barvaqt aniqlaydigan elektron tizimni joriy etish.

➡Oilalarni mustahkamlash, ajrimlarni kamaytirish, yoshlarni nikohga tayyorlash va bepul oilaviy psixologik xizmatlarni kengaytirish.

Bu vazifalar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, munosib mehnat va hayot sharoitlarini ta’minlash hamda jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 


O‘zbekiston


														
														Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi

UzBMB saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
09:53 / 11.07.2026

														
														Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyasida yangi bosqich

Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyasida yangi bosqich

Prezident tomonidan "Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
09:34 / 11.07.2026

														
														Dilnoza Kattaxonova tanishtirildi: xotin-qizlar yo‘nalishida 5 ta ustuvor vazifa belgilandi

Dilnoza Kattaxonova tanishtirildi: xotin-qizlar yo‘nalishida 5 ta ustuvor vazifa belgilandi

Kecha, 10-iyul kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bosh vazirning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘…
09:13 / 11.07.2026

														
														Bugun, 11-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 11-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-iyul soat 20:00 dan 11-iyul soat 20:00 gacha TOSHKENT SHAHRI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
17:51 / 10.07.2026

														
														900 ga yaqin ilon fermadan qochib ketdi

900 ga yaqin ilon fermadan qochib ketdi

Xitoy janubidagi Guansi provinsiyasida kuchli suv toshqinlari oqibatida ilon fermasidan qariyb 900 ta ilon qochib ketdi. Bu …
16:59 / 10.07.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva MEDEF International huzuridagi O‘zbekiston—Fransiya ishbilarmonlar ken…
09:28 / 10.07.2026

														
														Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishlarini taʼkidladilar

Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishlarini taʼkidladilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada h…
16:07 / 09.07.2026

														
														O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

O‘zbekiston aholisining 9,7 milliondan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi.
15:43 / 09.07.2026

														
														10-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:22 / 09.07.2026

														
														Farg‘onada 44 yoshli ayol shag‘al uyumiga qariyb 6 kilogramm gashish yashirgani aniqlandi

Farg‘onada 44 yoshli ayol shag‘al uyumiga qariyb 6 kilogramm gashish yashirgani aniqlandi

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ayol avval ham giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan.
17:11 / 08.07.2026

Bu ham qiziq

Toshkentdagi Aviasozlar ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi

Toshkentdagi Aviasozlar ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasida magistral issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari olib bori…
09:33 / 10.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga nomi o‘yib yozilgan to‘pponcha sovg‘a qildi

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga nomi o‘yib yozilgan to‘pponcha sovg‘a qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada o‘tgan NATOning 36-sammiti yakunida alyans yetakchilariga ularning ismi o…
12:31 / 09.07.2026
O‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

O‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish …
14:52 / 09.07.2026
Dilnoza Kattaxonova tanishtirildi: xotin-qizlar yo‘nalishida 5 ta ustuvor vazifa belgilandi

Dilnoza Kattaxonova tanishtirildi: xotin-qizlar yo‘nalishida 5 ta ustuvor vazifa belgilandi

Kecha, 10-iyul kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bosh vazirning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘…
09:13 / 11.07.2026
Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyasida yangi bosqich

Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyasida yangi bosqich

Prezident tomonidan "Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
09:34 / 11.07.2026
900 ga yaqin ilon fermadan qochib ketdi

900 ga yaqin ilon fermadan qochib ketdi

Xitoy janubidagi Guansi provinsiyasida kuchli suv toshqinlari oqibatida ilon fermasidan qariyb 900 ta ilon qochib ketdi. Bu …
16:59 / 10.07.2026
Bolalarga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha pedagoglariga 1 yil ishlash taqiqlanadi

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha pedagoglariga 1 yil ishlash taqiqlanadi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik sodir etgan pedagoglar bir yil davomida maktabgacha ta’lim …
14:48 / 09.07.2026
9-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:22 / 08.07.2026
Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishlarini taʼkidladilar

Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishlarini taʼkidladilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada h…
16:07 / 09.07.2026
Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Belarus Respublikasida 7–8-iyul kunlari “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir ikki mamlakat o‘rtas…
14:45 / 08.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!