2016 yilgi Olimpiya chempioni, qozog‘istonlik bokschi Daniyar Yeleusinov Ostona shahrida mast holda avtomobil boshqarib, ikki yo‘l-transport hodisasini sodir etgani haqida xabar tarqaldi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Toyota Land Cruiser haydovchisi ikki avtomobil bilan to‘qnashib, voqea joyini tark etgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida transport vositasi Do‘stiq ko‘chasida to‘xtatilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar haydovchida alkogol iste’mol qilganlik alomatlari aniqlanganini bildirgan va uni tibbiy ko‘rikka yuborgan. Politsiya haydovchining shaxsini rasman ochiqlamagan bo‘lsa-da, mahalliy OAV ushlangan shaxs Daniyar Yeleusinov ekanini xabar qildi. Ma’lumot uchun, Daniyar Yeleusinov 2016 yil Rio-de-Janeyro Olimpiadasi finalida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosovni mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!