Ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy blogerlarning biri Buxoro shahridagi “Chor Minor” madrasasi ob’yekti va uning atrofidagi holat bo‘yicha video joyladi. Unda madrasa hududida qo‘ylar yurgani va u yerda qo‘yxona tashkil qilingani aytiladi.
Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirib, holatni o‘rganish uchun joriy yil 27-yanvar kuni mutasaddi tashkilotlar, jamoatchilik va shu hududda yashovchi aholi bilan birgalikda joyiga chiqilganini ma’lum qildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, “Chor Minor” madrasasi va uning atrofidagi hudud ayni paytda ozoda ekani, bu yerda hech qanday qo‘yxona mavjud emasligi va videoda aks etgan holat haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lgan.

“Chor Minor” madrasasi joylashgan “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shahnoza Kamolovaning so‘zlariga ko‘ra, ayol 2,5 yildan buyon ushbu mahallada ishlab kelmoqda va bu davr ichida ko‘rsatilgan joyda qo‘yxona mavjud bo‘lmagan, videodagi holat 3 yil oldin kuzatilgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hududning ozoda va tartibli saqlanishi bo‘yicha fuqaro Mansur Safarov mas’ul etib biriktirilgan. Mahalliy aholi ham ayolning gaplarini tasdiqladi.

“Blogerlardan ulug‘ ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan obidalarning nufuziga salbiy ta’sir etishi va shu joyda yashovchi aholining qadr-qimmatini oyoqosti qilishi mumkin bo‘lgan, haqiqatga zid habarlarni tarqatmaslikka va bu yo‘nalishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilishga chaqiramiz”, – deyiladi Madaniy meros agentligining Buzoro viloyati boshqarmasi munosabatida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!