ChatGPT 24-avgustdan boshlab 31 ta davlatdagi foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatishni boshlaydi.
Ma’lum qilinishicha, reklama e’lonlari bepul tarifdan foydalanayotgan hamda eng arzon Go obunasiga ega foydalanuvchilarga ko‘rsatiladi. Biroq Plus, Pro va Enterprise tariflari foydalanuvchilari uchun reklama joylashtirilmaydi.
Yangi tartib ChatGPT’dan foydalanish jarayonida foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan reklama kontentini joriy etishni nazarda tutadi. Bu orqali kompaniya bepul xizmatdan foydalanayotgan auditoriya uchun reklama asosidagi modelni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, pullik yuqori tariflardan foydalanayotgan foydalanuvchilar reklamalarsiz xizmatdan foydalanishda davom etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!