So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram-botlar orqali “Tashabbusli budjet” jarayonida ovoz berish evaziga pul mukofotlari va’da qilinayotgani kuzatilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga va’da qilingan mablag‘larni ololmagan fuqarolardan yuzlab murojaatlar kelib tushayotgani ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, ayrim shaxslar loyihalarga ovoz to‘plash maqsadida fuqarolarga pul yoki boshqa moddiy qiymatliklar va’da qilib, keyinchalik mukofotlarni bermayapti.
Vazirlik “Tashabbusli budjet” doirasida ovoz berish faqat “Ochiq budjet” axborot portali, uning Android va iOS mobil ilovalari hamda Telegram’dagi rasmiy bot orqali amalga oshirilishini eslatdi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, berilgan ovozlar uchun hech qanday to‘lov talab etilmaydi va ovoz bergan fuqarolarga rasmiy moddiy rag‘batlantirish ham nazarda tutilmagan.
Fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlarini begonalarga bermaslik va firibgarlarning va’dalariga ishonmaslik tavsiya etilmoqda.
Ovoz berish jarayoni 31-avgust kuni soat 23:59 gacha davom etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!