Ilk bor Toshkent shahrida Markaziy Osiyoga xalqaro investitsiyalarni jalb etishning keyingi bosqichiga bag‘ishlangan muhim panel sessiyasi o‘tkaziladi.
Unda nufuzli Financial Times nashri jurnalisti moderatorligida investorlar uchun muhim bo‘lgan ishonch, kapital, investitsiya bitimlari va moliyaviy barqarorlik masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, bugungi murakkab global vaziyat sharoitida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyati, xalqaro kapitalni jalb etish imkoniyatlari hamda mintaqadagi investitsiyalar istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
Tadbirning aynan Toshkentda o‘tkazilayotgani O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga xalqaro investorlar qiziqishi ortib borayotganining muhim belgisi sifatida baholanmoqda.
Sessiyada O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar Financial Times’ning xalqaro auditoriyasiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!