“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi 2 noyabr kuni o‘z maydonida Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasini qabul qiladi.
Mazkur uchrashuv turnirning 4-turi doirasida Toshkentda o‘tkaziladi. Shu tariqa, agar Ronaldu “Al-Nasr” tarkibida maydonga tushsa, portugaliyalik futbolchining O‘zbekistonga navbatdagi tashrifi ham shu sanaga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ronaldu Toshkentga avval ham kelgan. U 2009-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston poytaxtida bo‘lgan.
“Paxtakor”ning Elita Chempionlar ligasi asosiy bosqichidagi o‘yinlari:
1-tur, 14-sentyabr: “Al-Ahli” – “Paxtakor”
2-tur, 12-oktyabr: “Paxtakor” – “Al-Qodisiya”
3-tur, 26-oktyabr: “Eyr Fors” – “Paxtakor”
4-tur, 2-noyabr: “Paxtakor” – “Al-Nasr”
5-tur, 23-noyabr: “Al-Ittihod” – “Paxtakor”
6-tur, 7-dekabr: “Paxtakor” – “Traktor”
7-tur, 8-fevral: “Paxtakor” – “Istiqlol”
8-tur, 15-fevral: “Al-Hilol” – “Paxtakor”
Shunday qilib, Ronaldu “Al-Nasr” safida maydonga tushadigan bo‘lsa, o‘zbekistonlik muxlislar uni 2-noyabr kuni Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda jonli tomosha qilishlari mumkin.
Biroq futbolchining aynan ushbu bahsda ishtirok etishi hozircha rasman tasdiqlanmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!