$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

“O‘zbekchilik”mi? – ko‘chaga chiqindi tashlashdan uyalaylik...

16:32 / 21.06.2022

Maysalar ustidagi pampers, toshlar orasidagi yelim baklajka, singan pivo shishasi… Bularni birma-bir sanaymiz desak, maqolaning asosiy qismi faqat salbiy fikrlar bilan to‘lishi aniq. Xo’sh, unda nimaga bularni yozyapsiz, deysizmi? Har doimgiday, siyqasi chiqqan yana o‘sha mavzu deb o‘ylayotgandirsiz balki? Shundaymi? Agarda shu fikrda bo‘lsangiz, biroz adashasiz.

Kecha, 20-iyun kuni Toshkent viloyatida joylashgan Bo‘stonliq tumanida O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va Chorvoq direksiyasi tomonidan OAV xodimlari uchun infotur tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ekologiya mavzusi, ya’ni, jaydari til bilan aytganda odamlarning e’tiborsizligi tufayli aziyat chekayotgan ona tabiat edi.

2022-yil 20-iyun kuni Bo‘stonliqda info-tur o‘tkazildi. Xabardor.uz muxbiri Maftuna Ibragimova

Ushbu maqolamizda: “Qonunchilik bunga nima deydi, aslida aybdor kim, axlat qutilarining yetishmovchiligi-mi, yoki odamlarning e’tiborsizligi?”, kabi savollarga yuzlandik.

Xo‘sh, dinimizda bu haqda nima deyilgan?

Kechagi infoturda Xabardor.uz jurnalisti Maftuna Ibragimova ham ishtirok etib, go‘zal ona tabiatning takrorlanmas mo‘jizalarini kadrlarga muhrladi va yurtimizning siz bilmagan yoki hali borishga ulgurmagan maskanlari haqida so‘zlovchi suratlar tayyorladi.

Xabardor.uz

Bo‘stonliq tumanining jozibasi har yili minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yoz faslida kuniga 48 ming atrofida odamlar hordiq chiqarish uchun bu yerga keladi. Biroq, kelayotgan sayyohlar soni bilan axlat-chiqindilar hajmi ham tobora oshmoqda.

Qayd etish joiz, Bo‘stonliq tumanida 120 dan ziyod arxeologik va madaniy me’roslar mavjud. Xususan, OAV vakillari bu yerda dam olayotganlarning ekologik va rekreatsion madaniyati pastligi tufayli ko‘payib yotgan chiqindilarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Ba’zi joylarni ko֥‘rib, shu narsani biznikilar qilganmi, degan savol tug‘iladi. Hada, boshqa kim ham qilardi?

Muallif: Xabardor.uz muxbiri maftuna Ibragimova

Atrof-muhitning shunday holatga kelishi biz uchun katta fojia!

Yashaydigan ham o‘zimiz, shu havodan nafas oladigan ham o‘zimiz… Aybdor kim unda deysizmi? Kim ham o‘zidan ayb qidirardi, yana o‘sha mutasaddi xodimlar, hammasiga mas’ul shaxslar deyishingiz ham mumkin. Vaziyatdan chiqib ketishlik va bahona uchun yaxshi variantlar bor, biroq yana savol tug‘iladi: madaniyat qayerda qoldi, odamgarchilik qayerda-yu, fahm-farosatni aytmasa ham bo‘ladi. Bu bilan aynan sizni aybdor demoqchi emasmiz, bu yerda masala e’tiborsizlik ortidan yuzaga kelayotgan qator muammolarga yechim topish.

Xabardor.uz

“Ming afsuski, odamzotning tabiatga bo‘lgan munosabatidan jabr ko‘rgan joylar bir dona emas. Chimyon tomonga ketishdagi asosiy yo‘lda odamga huzur bag‘ishlaydigan, soyali daraxtzorda ham hayvonlar va sayyohlar ulardan oldin kelib ketgan sayyohlarning chiqindilari ichida dam olishga majburlar”, - deydi Boʻstonliq tumani turistik politsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dilshod Aripov.

Bo‘stonliq tumani “Toza Hudud” jamiyatining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-iyunga qadar 88 tonna chiqindi olib chiqilgan. Bunday katta raqamlarni eshitib, dahshatga tushmaslikning ilojisi yo‘q. Afsuski, chiqindilar soni bunchalar ko‘pligi va past fuqaroviy javobgarlikni deb barcha obodonchilik xizmati xodimlari jalb qilinsa ham bu joylar obodonlashib qolmaydi.

Xabardor.uz

Xo‘sh, atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik borligidan xabaringiz bormi? Balki, bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori qabul qilingani haqida ham hech qanday ma’lumotga ega emasdirsiz-a?

Qonunchilik nima deydi?

O‘zbekistonda atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun jarimalar belgilangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 82-, 91-, 123-moddalarida chiqindini tashlash bo‘yicha normalar belgilab qo‘yilgan. 82-moddaga muvofiq, muhofaza qilinayotgan tabiiy hudud rejimini buzganlik uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa –  15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

xabardor.uz

Bundan tashqari, fuqaro 91-moddada ko‘rsatilganidek noqonuniy joyga chiqindini tashlaydigan bo‘lsa, fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (300 ming so‘mdan 900 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan yigirma baravarigacha (3 mln – 6 mln) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Avtomashinadan chiqindini tashlaydigan bo‘lsa, 123-moddaga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

Chiqindilar bilan bog‘liq ish­larni amalga oshirish sohasi­dagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2002-yilda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan.

Jazo choralarini ko‘paytirish kerak

Chiqindi tashlaganlarni qattiq jazoga tortish (kameralar orqali aniqlash), aholini chiqindini saralashga o‘rgatish, ularni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish zarur.

Hech e’tibor berganmisiz? Axlatni belgilangan joyga tashlash kerakligi ko‘p ta’kidlanadi. Tangani ikkinchi tomoni ham bo‘lganidek, jamoat joylarida yetarlicha axlat qutilari yo‘qligi ham bor muammo. Tegishli joylarda yetarlicha chiqindi qutilarni qo‘ymay, aholini ekologik madaniyatga o‘rgatish ham samara bermaydi.

Ikkinchidan, bolalarni yoshligidan tabiatga qanday munosabatda bo‘lishga o‘rgatish kerak. Ya’ni bu tizimni bog‘cha yoshidagilarga qo‘llash ko‘proq foyda keltirsa kelsa ajab emas.

Yaponiya yutqazdi, lekin madaniyatini saqlab qoldi

Joriy yil 15-iyun kuni U23 Osiyo kubogi yarimfinalida O‘zbekiston va Yaponiya terma jamolari maydonga tushdi. Xabaringiz bor, unda terma jamoamiz g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. E’tiborlisi, o‘yin tugaganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda yutqazgan jamoa a’zolari kiyinish xonasida ishlatilgan yelim idishlar va shunga o‘xshash chiqindilarni maxsus paketlarga yig‘ib ketgani aks etgan rasmlar tarqaldi.

Ma’lumot uchun, 2014-yil Braziliya va 2018-yil Rossiyadagi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida yapon jamoasi muxlislari futboldan keyin qolib, stadiondan chiqindilarni terib chiqishgan. O‘yinchilarning kiyinish xonalari ham toza turgan.

Xo‘sh, nima qilish kerak?

Ovqat yegandan so‘ng, undan qolgan chiqindilarni duch kelgan yerga tashlab yuborish madaniyatli kishilarning odati emas. Ammo, tog‘li hududlarga sayohatga chiqqanda, shuningdek, transport vositalaridan chiqindilarni uloqtirib yuborish holatlari ham ko‘plab kuzatiladi.

Eng to‘gri yechim axlat uloqtirganlik uchun jarima miqdorini oshirib, uning ustidan nazoratni kuchaytirish zarur. Bundan tashqari, chiqindi konteynerlari sonini ham ko‘paytirish kerak. Saralangan chiqindilarni qayta ishlash darajasi oshirilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Masalan, Xitoy, Yaponiya, Kanada kabi davlatlar keraksiz buyumlarning 70 foizidan ko‘prog‘ini qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan.

Shu o‘rinda aytish mumkin, qattiq maishiy chiqindilarni turlarga ajratilgan holda alohida to’plashni qat’iy tarzda yo‘lga qo‘yilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, plastik butilkaning to‘liq parchalanishi uchun kamida 700 yil talab etiladi. Plastik idishlar, polietilen paketlar va boshqa chiqindilar suv havzalariga tushib, atrof-muhit zararlanishiga sabab bo‘ladi va inson salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Vaholanki, birgina shunday element 20 kvadrat metr yerni zaharlaydi. Uning tarkibidagi og‘ir metallar esa tuproq va yerosti suvlariga singadi.

Din va poklik

Hadislarda, umuman, Islom ta’limotida tozalik va poklik, shu jumladan, ruhiy va jismoniy poklikka katta e’tibor beriladi. “Haq taolo o‘zi pok, poklikni yaxshi ko‘radi. O‘zi toza, tozalikni yaxshi ko‘radi. O‘zi oliyhimmatdir, oliyhimmatlikni yaxshi ko‘radi. O‘zi ochiqko‘ngil, ochiqko‘ngillikni yaxshi ko‘radi. Eshiklarning oldini pokiza tutinglar”, deyiladi hadislarning birida. Haqiqiy poklik, ham moddiy, ham ma’naviy poklikning qanday bo‘lishini esa bizga muqaddas Islom dinimiz o‘rgatadi. Zero, Islomning o‘zi poklik asosida bunyod bo‘lgandir.

Bo‘stonliq tabiati suratlarda

Xabardor.uz Maftuna Ibragimova

Maftuna Ibragimova

Xabador.uz Maftuna Ibragimova

Xabardor.uz muxbiri

xabardor.uz muxbiri Maftuna Ibragimova

Xabardor.uz muxbiri Maftuna Ibragimova

Xabardor.uz

Muallif: Maftuna Ibragimova


Bu ham qiziq

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumand…
11:55 / 27.10.2026
Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida litse…
11:09 / 28.10.2026
Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Sönggi kunlarda havo sifatining keskin yomonlaşuvi yana jamoatçilik e’tibori markazida bölib turibdi.
09:18 / 29.10.2026
Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Bugun, 29-oktabr kuni dunyo reytingida 66-örinni egallab turgan özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Yaponiyaning Tokio ş…
12:01 / 30.10.2026
SSV Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişdan ogohlantirdi

SSV Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişdan ogohlantirdi

Qölbola va tegişli standartlarga javob bermaydigan isitiş jihozlaridan foydalaniş — hayot uçun xavfli. Kuz-qiş mavsumida is …
16:25 / 29.10.2026
Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yoşli yigit uşlandi

Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yoşli yigit uşlandi

Andijon va Farğona viloyatlarida fuqarolarni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişga uringan şaxslar uşlandi. Bu haqda Davlat xa…
09:18 / 30.10.2026
Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada 28-oktabr kuni ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, qurbonlar son…
16:37 / 28.10.2026
31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:44 / 30.10.2026
28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:52 / 27.10.2026
Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!