$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Doimiy bosh og‘riqlari bilan qanday kurashish kerak?

19:31 / 12.05.2023

Bosh og‘rig‘i kamdan-kam hollarda xavflidir. Ko‘pincha bu oddiy sabab tufayli yuzaga keladi. Agar siz bu holatni tushunishga toqat qilmasangiz, reseptsiz beriluvchi har qanday og‘riq qoldiruvchi vositani iching (masalan parasetamol asosida) va noqulaylik yo‘qoladi.

Biroq bosh og‘rig‘ining boshqa sabablari ham bo‘lishi mumkin.

Qanday hollarda imkon qadar tezroq yordam so‘rash kerak?

Ba’zida bosh og‘rig‘i jiddiy kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin. Masalan, asta-sekin rivojlanayotgan o‘sma yoki meningit.

Tez yordamni qachon chaqirish kerak?

Agar og‘riq to‘satdan va kuchli, deyarli chidab bo‘lmas darajada bo‘lsa yoki quyidagi alomatlardan bilan yuz bersa, shoshilinch ravishda 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak:

Nutq chalkashishi;
ko‘rish muammolari: hamma narsani xira yoki ikkita ko‘rish;
ko‘ngil aynishi va qusish (agar ular gripp kabi virusli infektsiya bilan bog‘liq bo‘lmasa);
bosh aylanishi, muvozanatni yo‘qotish;
bo‘yin muskullarining qotishi;
39 darajadan yuqori tana harorati.

Qachon terapevtga murojaat qilish kerak?

Agar bosh og‘rig‘ingiz bo‘lsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling:

odatdagidan ko‘ra tez-tez bosh og‘rishi;
ko‘rsatmalarga muvofiq resepsiz og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilganda ham og‘riq qolmasligi;
ish, munosabatlar, uyqudagi muammolar.

Agar shubhali belgilar kuzatilma va masala faqat bir martalik bosh og‘rig‘i bilan cheklangan bo‘lsa, siz dam olishingiz va quyidagi ro‘yxatda noqulaylik sabablarini izlashingiz mumkin.

1. Siz anchadan beri suv ichmadingiz

Ba’zi odamlar uchun namlikning yetishmasligi bosh og‘rig‘ini qo‘zg‘atadigan omil bo‘lishi mumkin.

Bu munosabatlarni tushuntiruvchi ilmiy tadqiqotlar juda kam. Ammo mutaxassislar buni faqat ushbu sohadagi moliyalashtirish qoniqarli jmasligi sababli, deb hisoblashadi. Umuman olganda, bosh og‘rig‘ining rivojlanishida suvsizlanishning roli odatda qabul qilinadi.

Nima qilish kerak?

Bir stakan suv iching va 10-15 daqiqa kuting – ehtimol og‘riq susayadi. Bunday hurujlar takrorlanmasligi uchun har kuni yetarli miqdorda suyuqlik ichishga harakat qiling.

2. Holsizlik

Holsizlanish, aslida, etanolning mahsulotlari parchalanish bilan kechadigan tananing zaharlanishidir. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar iste’moli suvsizlanishni keltirib chiqaradi va bundan birinchi bo‘lib azob chekadigan organ bosh miya hisoblanadi.

Ushbu jarayon esa bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va boshqa holsizlik belgilari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Nima qilish kerak?

Agar og‘riq haqiqatan ham chidab bo‘lmas darajaga yetsa, tabletka iste’mol qilish kerak. Ammo jigarga dori-darmonlar bilan ortiqcha bosim yuklamaslik uchun ularsiz oqriqni qoldirishga harakat qiling. Suv iching, uxlang, sayr qiling. Umuman olganda, holsizlikdan qutulishning turli usullarini sinab ko‘ring.

3. Uzoqni ko‘ra olmaslik

Bunday holda, bosh og‘rig‘i yaqin atrofdagi narsalarga e’tibor qaratmoqchi bo‘lganingizda paydo bo‘ladi: ish stolidagi noutbuk, uning ekrani va boshqa predmetlar. Ba’zi odamlar uzoqni ko‘ra oladigan bo‘lib tug‘iladi, ammo ko‘pchilik uchun ko‘rishning buzilishi 40 yildan keyin paydo bo‘ladi. Shuning uchun, bosh og‘rig‘i birinchi qarashdayoq to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Avvalo, o‘zingizni chalg‘iting, ko‘zlaringizni tinchlantiring. Agar bu yordam bermasa, og‘riq qoldiruvchi vositani qabul qiling.

Agar yaqindagi biror narsaga qaraganingizda, ko‘zingizni qisib qo‘ysangiz, oftalmologga murojaat qiling. Uzoqni ko‘ra olmaslik ko‘zoynak yoki linzalar yordamida muvaffaqiyatli tuzatiladi.

4. Yetarli bo‘lmagan yoki me’yordan ortiq uyqu

Kattalar uchun uyqu normasi 7-8 soatni tashkil qiladi. Agar siz kamroq yoki ko‘proq uxlasangiz, bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onish xavfi mavjud.

Nima qilish kerak?

Bu safar og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qiling yoki nonushtada issiq choy iching.

5. Uzoq vaqt davomida noqulay holatda turish

Ko‘p odamlar ketma-ket bir necha soat kompyuterda ishlaydi yoki yelkalari bilan telefonni qisib suhbatlashishni yaxshi ko‘rishadi. Uzoq vaqt davomida bir holatda qolish bu umurtqa, yelka va bo‘yin mushaklarida ortiqcha bosimga sabab bo‘ladi. Natijada yana bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

Nima qilish kerak?

Iloji boricha bir nechta oddiy mashqlarni bajaring: boshingizni to‘rt tarafga bir maromda harakatlantiring va bu holatni takrorlang. Agar uyda bo‘lsangiz, iliq dush qabul qiling.

Agar kuchlanish bosh og‘rig‘i sizni doimo ta’qib qilsa, bo‘yin, yelka va boshingizdagi mushaklarni bo‘shashtirish yo‘llarini izlang. Suzish, yoga yoki massaj eng yaxshi variant bo‘lishi mumkin.

6. Jahldorlik, asabiylik yoki surunkali stress davri

Asabiylik yelka va bo‘yin mushaklariga qo‘shimcha stress beradi. Buni his qilish uchun jag‘laringizni mahkam qisib qo‘ying, go‘yo siz asabiylashdingiz va g‘azabingizni bosishga harakat qilyapsiz. Shunda mushaklardagi kuchlanish aniq bilinadi.

7. Uzoq vaqt ekran qarshisida o‘tirish

Agar siz noutbuk yoki planshet oldida ikki soatdan ko‘proq vaqt o‘tkazsangiz, ko‘zlaringiz ushbu tabiiy bo‘lmagan yuklanishdan charchaydi. Raqamli ko‘z zo‘riqishining oqibati (ba’zida “gajet” charchoqqa ishora qilish uchun ishlatiladigan atama) bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Ko‘zlaringizni dam oldiring. O‘rindan turish, yurish, cho‘zilish, atrofga qarash yaxshi samara beradi. Agar biron sababga ko‘ra buning iloji bo‘lmasa, kamida 20 daqiqada bir marta ko‘zingizni ekrandan uzing va kamida 20 soniya davomida devorga, shiftga, derazadan tashqaridagi narsalarga qarang.

8. Uzoq muddatli ish haftasidan keyingi holsizlik

Bu odatiy holat: siz dushanbadan jumagacha qattiq ishladingiz, o‘zingizni yaxshi his qildingiz. Muvaffaqiyat hissi bilan uxlab dam olish kuni bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onishingiz tabiiy.

Bu stress gormonlari darajasining keskin pasayishi tufayli sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zgarish miyadagi qon tomirlarining avval torayishi va keyin tez kengayishiga olib keladigan bir qator reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Ushbu ta’sirning natijasi og‘riqdir.

Nima qilish kerak?

O‘zingizni ishdan dam olishga o‘tish bosqichida stress gormonlari darajasining bunday keskin pasayishi bilan birga keladigan nuqtaga olib kelmaslikka harakat qiling. Eng oson yo‘l ish haftasida dam olishdir. Kamida 8 soat uxlang, ish kuni tugagandan so‘ng messenjerlarni o‘chiring, chala ishingizni uyga olib bormang. Sevimli mashg‘ulotlarni o‘zgartirish ham to‘plangan stressdan xalos bo‘lishning samarali usuli hisoblanadi.

9. Yoqimsiz hid

Parfyumeriya, xushbo‘y hidli havo spreyi yoki uy-ro‘zg‘or buyumlarida bosh og‘rig‘iga olib keladigan hidli kimyoviy moddalar mavjud va bosh miya buni darhol tushunib yetadi.

Nima qilish kerak?

Konsentrlangan parfyumeriya, shuningdek, kuchli hidli sovun, shampunlar, kondisionerlar va tozalash vositalaridan qochishga harakat qiling. Buning o‘rniga iloji boricha hidsiz mahsulotlardan foydalaning va ko‘pincha o‘tirgan xonangizni ventilyatsiya qiling.

10. Atrofingizda juda ko‘p yorug‘lik bor

Yorqinlik va porlash, ayniqsa miltillovchi nurlar ham bosh og‘rig‘ini qo‘zg‘atishi mumkin. Bu miyadagi yorug‘likning ushbu turi tufayli ba’zi kimyoviy moddalar darajasining oshishi bilan bog‘liq.

Nima qilish kerak?

Ko‘zingizni haddan tashqari yorug‘likdan saqlang. Tashqariga chiqayotganda quyoshdan saqlaydigan yoki polarizatsiyalangan ko‘zoynak taqishni unutmang (ular porlash bilan kurashishda boshqalarga qaraganda samaraliroq). O‘zingiz foydalanadigan televizor, noutbuk yoki planshetda ekran yorqinligini sozlang. Agar siz joylashgan xonada tez-tez miltillovchi yorug‘lik bo‘lsa, iloji bo‘lsa, uni boshqa turdagi chiroq bilan almashtiring.

11. Haddan tashqari qizib ketish

Inson quyosh sharoitda uzoq vaqt qolib ketgan vaqtda kuzatiladigan bosh og‘rig‘i tana issiqlikka bardosh bermasligining belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.

Boshqa alomatlar: kuchli terlash, bosh aylanishi, zaiflik.

Nima qilish kerak?

Iloji boricha tezroq soyaga o‘ting va suv iching. Agar bir soat ichida o‘zingizni yaxshi his qilmasangiz, tez yordam chaqiring: bunday holatda sizni issiq urgan bo‘lishi mumkin.

12. Ob-havo va magnit bo‘ron

Atmosfera bosimining keskin o‘zgarishi (har ikki yo‘nalishda ham), sovuq urish, shamolning ko‘tarilishi, magnit bo‘ronlari – bularning barchasi bosh og‘rig‘ini qo‘zg‘atishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Iloji bo‘lsa, tanangizga atrof-muhit o‘zgarishlarini osonroq yengish uchun yotib, dam oling. Agar yo‘q bo‘lsa, og‘riq qoldiruvchi vositani qabul qiling va, albatta, ob-havoga bog‘liqlik bilan kurashishni boshlang.

13. Ochlik

Qondagi shakar darajasining pasayishi bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat ko‘pincha o‘z vaqtida ovqatlanishni unutgan, qattiq diyetada bo‘lgan yoki sport bilan shug‘ullanadigan, ovqatlanishda o‘zini cheklaydiganlarda ko‘p uchraydi.

Nima qilish kerak?

Oson hazm bo‘ladigan uglevodlarni o‘z ichiga olgan mahsulot va suyuqliklarni iste’mol qiling: shirin choy, meva sharbati, sut, kakao, pechenye, konfet yoki bir bo‘lak non. Bu glyukoza darajasini tezda normal holatga ko‘tarish va bosh og‘rig‘ini tinchlantirishga yordam beradi.

Kelajakda och qolmaslikka harakat qiling.

Oddiy nonushta, tushlik va kechki ovqat o‘rniga 5-6 mahal yenil tamaddiga o‘ting. Yong‘oq yoki sabzavot kabi sog‘lom sneklarni yoningizda saqlang.

14. Juda ko‘p shirinlik iste’mol qilish

Qondagi shakarning ko‘pligi uning yetishmasligi kabi tez-tez bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Glyukoza gormonlar, xususan, adrenalin va norepinefrin darajasiga ta’sir qiladi. Bular, o‘z navbatida, miyadagi qon tomirlarini keskin toraytirib, bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Shirinliklar bilan munosabatingizni qayta ko‘rib chiqing va shakar iste’mol qilishni cheklang.

15. Qahva sog‘inchi

Qahvaga qaramlik afsona emas. Yaxshiyamki, kofein tanamizga tamaki yoki alkogol kabi kuchli ta’sir qilmaydi. Biroq, tana unga o‘rganib qoladi. To‘satdan odatdagi me’yor uzilib qolsa, u noxush alomatlarni berishi mumkin: charchoq, asabiylashish, konsentratsiyaning yetishmasligi va bosh og‘rig‘i.

Nima qilish kerak?

Qahva iching, biroq odatdagidan bir yarim-ikki baravar kam miqdorda. Agar qahva bo‘lmasa, ko‘k yoki qora choy, bir parcha qora shokolad iste’mol qilish ham kutilgan natijani berishi mumkin.

Agar siz kofeinga qaramlik bilan kurashmoqchi bo‘lsangiz, buni darhol qilmang. Odatdagidek qahva dozalarini haftasiga taxminan 25 foizga kamaytiring. Natijada kofeinli ichimlikdan voz kechish noxush alomatlarsiz o‘tadi.

16. Kichik o‘lchamli bosh kiyimi

Ushbu turdagi noqulaylik tashqi siqilish natijasida yuzaga kelgan bosh og‘rig‘i, deb ataladi. Bu ko‘pincha o‘z kasbiga ko‘ra shlem, ko‘zoynak, qattiq qalpoq kiyishga majbur bo‘lgan odamlarga ta’sir qiladi – quruvchilar, harbiylar, politsiyachilar, sportchilar.

Biroq, bosh og‘rig‘i ikki o‘lchamga kichik bo‘lgan qalpoq kiygan har qanday odamda paydo bo‘lishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Yechim aniq: shunchaki uni yeching va qulayrog‘i bilan almashtiring. Agar noqulay yuosh kiyim dress-kodingizning bir qismi bo‘lsa, boshingizni bosimdan xalos qilish uchun uni kamida bir yoki ikki daqiqaga yechib turing.

17. Muzqaymoq yoki muzdek ichimlik iste’mol qilish

Bunday og‘riqlar muzqaymoq bosh og‘rig‘i deb ataladi. Shifokorlar sovuqdan kelib chiqadigan og‘riq mexanizmini to‘liq aniqlay olishmadi, ammo masalaning quyidagicha ekanligi ta’kidlangan. Muzqaymoqni tishlaganingizda yoki muzli ichimlikni ichganingizda og‘iz va qizilo‘ngachdagi qon tomirlari keskin siqiladi. Oqibati esa – bosh og‘rig‘i.

Nima qilish kerak?

Kutish. Odatda, muzqaymoq bosh og‘rig‘i 5 daqiqa ichida kamayadi. Agar siz migrenga moyil bo‘lsangiz, noqulaylik biroz uzoqroq davom etishi mumkin, ammo tanangiz haroratning keskin o‘zgarishiga moslashgani sababli u yo‘qoladi.

18. Samarali mashg‘ulot

Jismoniy faollik ham umumiy bosh og‘rig‘ining keltirib chiqaruvchisidir. Ayniqsa, ko‘pincha noqulaylik quyidagi hollarda paydo bo‘ladi:

yugurish;
eshkak eshish;
tennis;
suzish;
og‘ir tosh ko‘tarish.

Nima qilish kerak?

Ko‘p hollarda mashg‘ulot bosh og‘rig‘i xavfli emas. Ular bir-ikki soat ichida o‘tib ketadi. Og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish orqali jarayonni tezlashtirish ham mumkin.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, inson tanasidagi har qanday noqulaylik sharoitida bosh miya signal beradi. Ya’ni kundalik hayotda biz shug‘ullanadigan mashg‘ulotlar shu qadar rang-barangki, ularni bajarishdagi me’yorning buzilishi turli darajadagi bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. Aslida bu ham bir in’om va o‘zimiz haqimizda qayg‘urish uchun eng qulay fursatdir.


Lifestyle


														
														Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekasi bo‘lish — bu oddiylikda mukammallik yaratish san’atidir. Uy bekalari — oilaning yuragi, muhitning me’mori.
15:19 / 30.04.2025

														
														“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida sobiq politsiya xodimi Xvan Chjun-Xoning onasi rolini ijro etgan aktrisa Li J…
09:46 / 04.02.2025

														
														Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Balansli nonushta qilish yaxshiroq umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lib, tanangizni ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni ye…
13:32 / 25.01.2025

														
														Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Flagman nafaqat innovatsion kamera, balki odatiy standartlarni o‘zgartiruvchi noyob orqa panel dizaynini ham oladi.
11:13 / 25.01.2025

														
														Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Sankt-Peterburgdagi Luxury World Spa kompaniyasi “Kriptosauna” loyihasini taqdim etdi. Yangi mahsulot ASIC (kriptovalyuta qa…
10:35 / 25.01.2025

														
														Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ushbu tadqiqot amalga oshirilgandan so‘ng o‘quvchilarning ko‘rsatkichlari oshgan.
15:29 / 18.01.2025

														
														2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

Krossovkalar hech qachon modadan qolmaydigan, qulay oyoq kiyim hisoblanadi. Faqatgina har yili ularning qaysidir turi, ayniq…
13:02 / 16.01.2025

														
														Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – bu Koreya madaniyatida bolalar va kattalar orasida mashhur bo‘lgan o‘yin bo‘lib, oddiy, ammo qiziqarli! O‘yin uchun…
16:09 / 15.01.2025

														
														2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yil kino sanoati uchun juda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Ko‘plab kutilgan premyeralar va kutilmagan xitlar tomoshabinlarn…
15:40 / 15.01.2025

														
														“Otam qurgan tandir”
Umidjon Alimov, 2017.

“Otam qurgan tandir” Umidjon Alimov, 2017.

“Demak, men mavzu, o‘zimga uslub topyapman, deb o‘ziga xos yo‘nalishni qidirayotgan rassom sifatida xursand bo‘lardim. Tandi…
14:59 / 15.01.2025

Bu ham qiziq

Toshkent shahridagi mahallalardan biri vaqtincha gazsiz qoladi

Toshkent shahridagi mahallalardan biri vaqtincha gazsiz qoladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli tumani “Nomdanak” MFYning ayrim hududlariga 8-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy …
10:56 / 08.05.2025
Markaziy bank soxta ma’lumot tarqatuvchilardan ogohlantirdi

Markaziy bank soxta ma’lumot tarqatuvchilardan ogohlantirdi

Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmaydi hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi.
12:19 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev: “Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”

Shavkat Mirziyoyev: “Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”

Prezident raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
15:11 / 07.05.2025
O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
14:29 / 07.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning  8-11 may kunlari kutilayotgan yomg‘…
18:52 / 07.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi

Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi

O‘zbekistonda bolalardagi onko-gematologik kasalliklarning yarmidan ko‘pi so‘nggi bosqichlarda aniqlanmoqda.
16:10 / 07.05.2025
Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘oqlari shikastlanishi natijasida xonadonlarni suv bosdi

Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘oqlari shikastlanishi natijasida xonadonlarni suv bosdi

Ayni paytda viloyat Norin Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul to‘xtatilgan.
13:06 / 08.05.2025
O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka va diplomatik muloqotga chaqirdi

O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka va diplomatik muloqotga chaqirdi

"O‘zbekiston vaziyatni deeskalatsiya qilish va tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy h…
08:31 / 08.05.2025
Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiy…
21:57 / 07.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!