$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonlik bokschi AQShdan deportatsiya qilindi

14:55 / 08.08.2026

O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov AQShda immigratsiya qoidalarini buzish bilan bog‘liq holat sabab hibsga olinib, keyinchalik mamlakatdan deportatsiya qilingan. Bu haqda “Fighting Styles” nashri xabar berdi.

Abduqahhorov 2026 yil 21 mart kuni Janubiy Kaliforniyada o‘tkazilgan ProBox boks oqshomida Joshua Kevin Antonga qarshi ringga chiqqan. O‘zbekistonlik bokschi jangning birinchi raundida texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan. Raund yakunlangach, u o‘zini yomon his qilgani va boshida kuchli og‘riq sezganini bildirgan. Shundan so‘ng jangni davom ettirmaslikka qaror qilingan.

Jangdan keyin bokschi Los-Anjelesdan doimiy yashab, ishlab kelgan Pensilvaniyaga yo‘l olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobilda birga ketayotgan tanishi bilan tegishli hujjatlar va amaldagi vizalar bo‘lmagan.

Oradan 5–6 kun o‘tib, ularni politsiya to‘xtatgan va Abduqahhorov hibsga olingan. Keyinchalik bokschi AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) ixtiyoriga topshirilib, Vayoming shtatidagi Sweetwater County Jail hibsxonasiga yuborilgan.

Abduqahhorovning aytishicha, u ushbu hibsxonada 45 kun saqlangan. Uning uchun 25 ming dollar miqdorida garov puli to‘langan bo‘lsa-da, bokschi taxminan bir oy davomida advokat xizmatidan foydalana olgan, keyinchalik esa advokati bilan aloqasi uzilgan. Hibsda bo‘lgan vaqtida internetdan foydalanish imkoniga ham ega bo‘lmagan.

Bokschi hibsda unga nisbatan zo‘ravonlik yoki boshqa turdagi tazyiq o‘tkazilganini ma’lum qilmagan. Biroq u professional boksda bir qator nufuzli kamarlarni qo‘lga kiritgan sportchi sifatida bunday vaziyatga tushib qolishini kutmaganini bildirgan.

Shuningdek, Abduqahhorov va uning menejeri Kike Maganya o‘rtasida moliyaviy mojaro yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. Bokschi menejerini 21 martdagi jang uchun belgilangan gonorarni bermaganlikda ayblagan. Maganya esa bu da’volarni rad etib, Zelle orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi skrinshotlarni taqdim etganini aytgan.

Menejerning ta’kidlashicha, gonorardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ushlab qolinganidan so‘ng, mablag‘ bokschining hisob raqamiga o‘tkazilgan. Abduqahhorov esa ushbu pulni olmaganini bildirmoqda.

Maganyaning so‘zlariga ko‘ra, bokschining AQSHda ishlash vizasi bo‘lgan, biroq uning amal qilish muddati tugagan. Menejer Abduqahhorovga O‘zbekistonga qaytib, hujjatlarini tartibga keltirishni tavsiya qilgan. Biroq bokschi AQSHda qolib, DoorDash haydovchisi sifatida ishlashda davom etgan. Keyinchalik u hibsga olinib, mamlakatdan deportatsiya qilingan.

Ayni paytda Abduqahhorov va menejeri o‘rtasidagi moliyaviy nizo hal etilmagan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu masala yuzasidan hozircha sud jarayoni ham boshlanmagan.

Hozirda Abduqahhorov O‘zbekistonda, oilasi bilan Andijonda yashamoqda. U mashg‘ulotlarni davom ettirib, navbatdagi jangi uchun raqib izlamoqda.

Majburiy deportatsiya sabab bokschi hozircha AQSHga qayta olmaydi. Uning mamlakatga qonuniy ravishda qaytishi uchun kamida bir yil kutishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Biroq taqiq muddati bundan uzoqroq bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.


Boshqalar


														
														Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar o‘sishi inflyatsiya darajasidan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Biroq ekspertlar bu raqamlar ortida…
15:18 / 06.09.2026

														
														Isroilning Livan shimolidagi zarbalarida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Livan shimolidagi zarbalarida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiylarining Livan shimoliga uyushtirgan havo hujumlarida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan Qizil Xoch jamiyati…
15:10 / 06.09.2026

														
														“Ukraina mudofaasi uchun 27 milliard dollar yetishmayapti” — Yevgeniy Xmara

“Ukraina mudofaasi uchun 27 milliard dollar yetishmayapti” — Yevgeniy Xmara

Ukrainada mudofaani moliyalashtirish uchun 27 milliard dollar miqdorida mablag‘ taqchilligi yuzaga kelgan. Bu haqda Ukraina …
00:09 / 31.08.2026

														
														“Kalmar o‘yini”: ikki maktab o‘quvchisi 12 yoshli bolani o‘ldirgani aytilmoqda

“Kalmar o‘yini”: ikki maktab o‘quvchisi 12 yoshli bolani o‘ldirgani aytilmoqda

Moskva viloyatining Orehovo-Zuyevo shahar okrugida 12 yoshli maktab o‘quvchisi o‘ldirildi. Jinoyatda gumonlanayotgan 15 va 1…
12:58 / 30.08.2026

														
														Qirg‘in ostidagi “Love story”: Ukraina­da juftlik front yaqinida turmush qurdi

Qirg‘in ostidagi “Love story”: Ukraina­da juftlik front yaqinida turmush qurdi

Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi front chizig‘i tobora yaqinlashib kelayotgan Kramatorsk shahrida 35 yoshli Tetiana va Al…
12:52 / 30.08.2026

														
														Narra to‘foni Xitoy va Vetnamda kuchli suv toshqinlarini keltirib chiqardi

Narra to‘foni Xitoy va Vetnamda kuchli suv toshqinlarini keltirib chiqardi

“Narra” to‘foni Xitoyning janubi va Vetnamning shimoliy hududlarida vaziyatni keskinlashtirdi. Kuchli va uzoq davom etgan yo…
14:39 / 24.08.2026

														
														Nursulton Nazarboyev operatsiyadan keyin ilk bor ko‘rinish berdi

Nursulton Nazarboyev operatsiyadan keyin ilk bor ko‘rinish berdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 23-avgust kuni Qurultoy deputatlari saylovida uyidan turib ovoz ber…
09:46 / 24.08.2026

														
														O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonning bir qator hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq yirik qoidabuzarliklar aniqla…
15:09 / 17.08.2026

														
														Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

AQShprezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Pit Hegsetga Janubiy Koreya bilan o‘tkazilayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarn…
10:21 / 17.08.2026

														
														Belarusda 10-sinf o‘quvchilariga dron boshqarish va taktik tibbiyot o‘rgatiladi

Belarusda 10-sinf o‘quvchilariga dron boshqarish va taktik tibbiyot o‘rgatiladi

Belarusda 10-sinf o‘quvchilari uchun harbiy-amaliy tayyorgarlik dasturi kengaytirilmoqda.
14:33 / 14.08.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026
“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

Afg‘onistonning Zobul viloyati Qalat shahrida “Tolibon” bir hafta davomida 12 ta sartaroshxonani yopdi. Bunga sartaroshxonal…
09:39 / 06.09.2026
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar mukofotlandi

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar mukofotlandi

Misr poytaxti Qohira shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari i…
10:12 / 03.09.2026
Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026
Ohangaronda Lacetti Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Ohangaronda Lacetti Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat taxminan 18:30larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent -…
09:59 / 03.09.2026
4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent viloyati, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutiladi.
17:26 / 03.09.2026
Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026
Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

AQSh Mudofaa vazirligi 30 yosh va undan katta harbiy xizmatchilarda testosteron yetishmovchiligini majburiy tekshirishni naz…
09:27 / 04.09.2026
Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026
Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!