$
11911.71 UZS
-29.94
₽
146.49 UZS
-1.16
€
13319.67 UZS
-63.34
31° Kechasi 18°

Fransiya kompaniyasi Chimyonda umummavsumiy kurort quradi

09:13 / 03.03.2023

Fransiyaning Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi “Chimyon” umummavsumiy oromgohi qurish boʻyicha oʻtkazilgan ochiq tanlovda gʻolib boʻldi.

Endilikda mazkur kompaniya “Chimyon turistik zonasini qurish” loyihasi doirasida “Chimyon” umummavsumiy oromgohi obyektlarini loyihalash, tadqiq qilish, qurish, jihozlarni yetkazib berish va oʻrnatish, sozlash-ishga tushirish ishlarini olib boradi.

Qayd etilishicha, MND togʻli hududlarda loyihalarni amalga oshirish boʻyicha yetakchi sanoat guruhlaridan biridir. Bosh qarorgohi Fransiya janubidagi Savoya departamentining Sen-Hélène-dyu-Lak shahrida joylashgan. Guruh 2004-yildan buyon dunyoning 49 davlatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, MND togʻli joylarda turizm sohasida umummavsumiy loyihalarni amalga oshirish hamda osma yoʻllaridan shaharlarda, sanoat obyektlarida va maishiy maqsadlarda foydalanish boʻyicha keng koʻlamli xizmatlar koʻrsatishda jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, kompaniya Kurchevel, Chamonix-Mon-Blanc, Rosa Xutor, Bosco Gurin, Moleson, Narvik va boshqalar kabi butun dunyo boʻylab 1 500 dan ortiq loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan.

Maʼlum qilinishicha, Chimyondagi loyiha doirasida dam oluvchilarni 2 515 metr balandlikka koʻtariladigan gondol tipidagi 10 kishilik asosiy osma yoʻli (maksimal quvvati — 2000 kishi/soat) va 3309 metr balandlikka chiqadigan mayatnik tipidagi 80 kishilik oraliq osma yoʻli (maksimal sigʻimi — 800 kishi/soat) quriladi.

Kurort bunday inshootlarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng baland nuqtaga aylanadi. Shuningdek, unda XXL Zip line, Alpine coaster, Adventure tower, Tubing, Via ferrata kabi 20 dan ortiq turdagi qishki va yozgi attraksionlar tashkil etiladi, umumiy uzunligi 20 km dan ortiq boʻlgan turli darajadagi 11 ta changʻi uchish joylari, 6000 nafar turistga moʻljallangan mehmonxona majmualari va kottejlar quriladi.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev ayrim hududlarda mehnat migrantlari daromadi pastligini tanqid qildi

Mirziyoyev ayrim hududlarda mehnat migrantlari daromadi pastligini tanqid qildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasiga bağişlangan yiğilişda hududlar kesimida xorijda işlayotgan fuqarolarning ö…
11:48 / 02.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yi…
09:32 / 31.10.2026
Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkent şahridagi köp qavatli uylarning içki hovlilaridan avtoturargohlar va avtomobil yölaklarini taşqariga çiqariş rejalaş…
11:28 / 02.11.2026
Mirziyoyev xorijdagi özbekistonliklar muammolarini hal qiliş uçun yangi tizim joriy etişni topşirdi

Mirziyoyev xorijdagi özbekistonliklar muammolarini hal qiliş uçun yangi tizim joriy etişni topşirdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga öqitiş markazida…
12:51 / 02.11.2026
“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiq…
14:29 / 31.10.2026
Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda. Unda jahon mehnat bozoridagi öz…
11:32 / 02.11.2026
Mirziyoyev: “Özbekiston uçun, özbeklar uçun birov kelib heç narsa qilib bermaydi”

Mirziyoyev: “Özbekiston uçun, özbeklar uçun birov kelib heç narsa qilib bermaydi”

Prezident Şavkat Mirziyoyev Italiyada işlaş uçun tayyorlanayotgan özbekistonlik hamşiralar bilan uçraşdi. Ular kelasi yil ya…
15:00 / 02.11.2026
Yevropa va boşqa davlatlarda özbekistonliklar uçun iş imkoniyatlaridan foydalanilmayotganini tanqid qildi

Yevropa va boşqa davlatlarda özbekistonliklar uçun iş imkoniyatlaridan foydalanilmayotganini tanqid qildi

Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etiş masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezident…
11:54 / 02.11.2026
Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kuzatilmaydi. Bu haqda Öz…
17:34 / 02.11.2026
Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi dala maydonlarida anğiz, xazon, şox-şabba va boşqa ösimliklar qoldiqlariga öt qö…
10:08 / 02.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!