$
12010.45 UZS
-13.16
₽
145.64 UZS
0.1
€
13200.69 UZS
-36.1
31° Kechasi 18°

Hech narsaga ulgurmayapsizmi? Qanday qilib barcha narsaga vaqt topish mumkin

16:41 / 15.04.2023

Kun bo‘yi barcha narsalarga ulgurishga harakat qilib yelib-yugurasiz, ammo uxlash vaqti yetib kelganda kunlik 10 ta vazifadan atigi 3 tasini bajarishga ulgurgan bo‘lasiz.

Bu voqea deyarli barcha bilan sodir bo‘lgan. Ammo ko‘p insonlar bekorga sarflangan vaqtga e’tibor qaratmaydi. Shuning uchun ham quyida sizga amalga oshirib bo‘lmas ko‘rinsa-da barcha narsaga ulgurish usullarini keltirib o‘tamiz.

Qanday qilib ko‘proq vaqt topish mumkin?

  1. Vaqtingizni nimaga sarflayotganingizni aniqlang

Kuningizni tahlil qiling, taymer ishlating, qaysi ishga qancha vaqt sarflayotganingizni aniqlang. Bu orqali vaqtingizni nimalarga sarflayotganingizni va nimalardan voz kechishingiz kerakligini tushunib olasiz.

  1. Vaqt “kushandalari”dan voz keching

Mana vaqtimizni nimalarga sarflashni o‘rganib oldik. Bu ro‘yxatda ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochtani tekshirishlar, o‘yinlar bormi? Agar shunday bo‘lsa, bulardan voz kechish vaqti keldi. Birinchi o‘rinda e’tiborni telefonimizga qaratishimiz kerak. Eng ko‘p vaqtimizni oladigan narsa ham aynan shu.

  1. Sizning o‘rningizga boshqa inson qilishi mumkin bo‘lgan ishlarga qo‘l urmang

Ishingizda o‘zingiz tushunmagan narsalarga qo‘l urmagan ma’qul, chunki bu nafaqat ko‘p vaqtingizni oladi, balki, boshqa muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Yaxshisi, bu ish uchun boshqa ishchi yollang yoki shu sohani tushunadigan hamkasblaringizdan yordam so‘rang.

  1. Yo‘q deyishni o‘rganing

To‘g‘ri aytilgan “yo‘q” ko‘p vaqtingizni tejab qolishi mumkin. Ba’zi insonlar va narsalarga “yo‘q” deyishni o‘rganishimiz kerak. Bu sizning vazifangizga kirmagan ish, zerikarli kino yoki istamagan narsangizga “yo‘q” deyishni o‘rganing.

  1. Oldindan rejalashtiring

Ishlaringizni bir kun, hafta, oy, yil oldin rejalashtirib qo‘ying. Unga rejalaringiz, uchrashuvlar va loyihalarni bajarilish davomiyligini yozib boring. Bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi.

  1. Tartibli bo‘ling

Kompyuter yoki uyingizda hujjatlaringizni qanchalik ko‘p yo‘qotib turasiz? Bu ham vaqt yo‘qotishning sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Kerakli vaqtda kerakli narsani topa olishingiz uchun miyangizni va uyingizni tartibga keltiring.

  1. Maqsadlarni aniqlab oling

Muhimroq va unchalik muhim bo‘lmagan, tezkor va unchalik tezkor bo‘lmagan vazifalaringizni aniqlab oling.

  1. Jarayonlarni soddalashtiring

Har bir insonda har kuni yoki har hafta bajarishi kerak bo‘lgan ishlar mavjud. Bu har kuni pochtani tekshirib turish yoki davomiy ishlash kerak bo‘lgan biror bir loyiha bo‘lishi mumkin. Shu loyihalar uchun umumiy yoki oson qoliplar o‘ylab topishingiz, ishni osonlashtirishi mumkin. 

  1. Dam olish haqida ham unutmang

Charchoq – samaradorlikning asosiy dushmanidir. Charchagan holingizda ham ishlashingizdan hech qanday foyda yo‘q, shunchaki vaqtdan yutqizgan bo‘lasiz, xolos. Charchoqni his qilganingizda diqqatni bir joyga jamlashingiz qiyinlashadi va motivatsiyangiz ham yo‘qolib boradi. Shuning uchun ham dam olib turishni unutmaslik kerak. Ish davomida 5-10 daqiqalik dam samaradorligingiz oshishiga yordam beradi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy tugadi: mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinadi

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy tugadi: mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinadi

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy yetişmasligi sababli ayrim mahbuslarni muddatidan oldin ozod qiliş tartibi joriy etilmoqda…
10:05 / 17.11.2026
Samarqandda çaqaloğini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga şartli jazo tayinlandi

Samarqandda çaqaloğini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga şartli jazo tayinlandi

Samarqand şahrida tört kunlik öğlini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga sud hukmi öqildi. Jinoyat işlari böyiça Samarqa…
10:54 / 18.11.2026
Toşkentda mahalla raisi 900 dollar olayotganida uşlandi

Toşkentda mahalla raisi 900 dollar olayotganida uşlandi

Toşkent şahri Yaşnobod tumanida mahalla raisi tadbirkorga tuman tasarrufidagi binodan joy ajratib beriş va şartnoma rasmiyla…
09:30 / 17.11.2026
Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Irlandiyaning Şannon aeroportida 48 yoşli erkak bolta bilan AQŞ Milliy gvardiyasiga tegişli C-130 Hercules harbiy samolyotig…
10:58 / 18.11.2026
Toşkentda Nexia-3 daraxtga urildi: uç kişi halok böldi

Toşkentda Nexia-3 daraxtga urildi: uç kişi halok böldi

Toşkent şahri Çilonzor tumanida Nexia-3 avtomobilining daraxtga urilişi oqibatida uç kişi halok böldi. Bu haqda poytaxt IIBB…
10:35 / 17.11.2026
Andijonda poyezd Damas bilan töqnaşdi

Andijonda poyezd Damas bilan töqnaşdi

Andijon viloyatining Asaka tumanida 16-noyabr kuni temiryöl kesişmasida Damas avtomobilini poyezd urib yubordi. Hodisa oqiba…
14:02 / 16.11.2026
“Kokoş” va uning dugonalariga çiqarilgan hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi

“Kokoş” va uning dugonalariga çiqarilgan hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi

Toşkent şahar sudlari bloger Komila Abduqodirova (“Kokoş”), aktrisa Barçin Ğofurova va bloger Nihola Rajabovaga nisbatan çiq…
15:21 / 18.11.2026
Özbekiston Dubaydagi xalqaro kontent bozorida 300 dan ortiq filmni namoyiş etdi

Özbekiston Dubaydagi xalqaro kontent bozorida 300 dan ortiq filmni namoyiş etdi

10–11-noyabr kunlari Dubayda jahon kontent industriyasi vakillari iştirokida xalqaro kontent bozori bölib ötdi
15:05 / 17.11.2026
18 yoşli futbolçi boşiga töp tegişi oqibatida vafot etdi

18 yoşli futbolçi boşiga töp tegişi oqibatida vafot etdi

Argentinalik 18 yoşli futbolçi Abel Nunes yoşlar örtasidagi futbol uçraşuvida boşiga töp tegişi oqibatida olgan miya jarohat…
10:10 / 17.11.2026
Qirğiziston yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etmoqçi

Qirğiziston yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etmoqçi

Qirğiziston hukumati yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz tartib joriy etişni taklif qilmoqda. Şuningdek, xorijliklarni…
15:10 / 18.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!