Jahon bankining yangi hisobotida qayd etilishicha, sun’iy intellekt texnologiyalari iqtisodiy o‘sish uchun katta imkoniyatlar yaratayotgan bo‘lsa-da, undan asosan rivojlangan davlatlar ko‘proq manfaat ko‘rmoqda. Hisobot mualliflari fikricha, dunyodagi ma’lumotlar markazlarining aksariyati boy mamlakatlarda joylashgan.
Shuningdek, sun’iy intellekt modellarini o‘qitishda qo‘llaniladigan ma’lumotlar bazalarida milliardlab insonlar foydalanadigan ko‘plab tillar yetarli darajada qamrab olinmagan.
Mutaxassislar ogohlantirishicha, bu muammolar bartaraf etilmasa, sun’iy intellekt boy va kambag‘al davlatlar o‘rtasidagi texnologik hamda iqtisodiy tafovutni yanada kuchaytirishi mumkin.Hisobotda yana bir muhim masalaga e’tibor qaratilib, 2010-yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 40 foizdan 70 foizgacha oshgani ta’kidlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!