Xabar berilishicha, tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Meder Mashiyev, favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev hamda transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirg‘aboyev lavozimidan olingan.
Eslatib o‘tamiz, 10-fevral kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonini imzolagandi.
Bundan tashqari, Tashiyevning o‘rinbosarlari – Daniel Risaliyev, Qurbonbek Avazov, Elizar Smanov hamda Xavfsizlik kengashi kotibi Rustam Mamasodiqov ham lavozimidan ozod etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!