Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning ayrim hududlari yuqori seysmik faollik zonasida joylashgani sabab zilzilalarga tayyorgarlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, 2000–2023-yillarda tabiiy ofatlar bilan bog‘liq o‘limlarning yarmidan ko‘pi zilzilalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mutaxassislar O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarini qamrab olgan Farg‘ona vodiysiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Tashkilot ehtimoliy zilzilalarda shifoxonalarning uzluksiz ishlashi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini qayd etib, tibbiyot muassasalarining seysmobardoshligini oshirish, favqulodda tibbiy guruhlarni tayyorlash, muntazam o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda aholining eng zaif qatlamlarini himoya qilishni tavsiya etdi.
JSST ta’kidlashicha, kuchli zilzilalar sodir bo‘lishidan oldin ularga puxta tayyorgarlik ko‘rish insonlar hayotini saqlab qolishning eng muhim omillaridan biridir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!