Navoiy viloyatining ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari anomal issiq sabab 4 kunga o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, Uchquduq, Nurota, Tomdi hamda Konimex tumanlaridagi ayrim davlat bog‘chalari 14–17-iyul kunlari vaqtincha yopiladi. Qayd etilishicha, viloyatning boshqa hududlaridagi bog‘chalarda sanitariya-gigiyena talablari va zarur shart-sharoitlar o‘rganilmoqda. Zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha qarorlar qabul qilinadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 20-iyuldan boshlab odatdagi tartibda faoliyatini davom ettiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!