O‘zbekistonda kutilayotgan anomal issiq havo sababli bog‘chalar vaqtincha yopilishi mumkin. Bu haqda Xabardor.uz jurnalisti Qurbonova Nozimaning so‘roviga javoban Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova ma’lum qildi. Uning bildirishicha, vazirlik mazkur masala yuzasidan hokimliklar, Sanepidqo‘mita va “O‘zgidromet” agentligi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Hokimliklar hududdagi vaziyatdan kelib chiqib tegishli choralarni ko‘radi. Qayd etilishicha, havo harorati keskin ko‘tarilgan taqdirda bog‘chalarni vaqtincha yopish ko‘zda tutilgan. Har bir hududiy bo‘lim vaziyatni alohida o‘rganib chiqadi va shundan kelib chiqib qaror qabul qiladi. Agar qaysidir hududda bog‘chalar yopilsa, bu haqda rasman e’lon beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!