Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Soliq inspeksiyasi bosh inspektori tadbirkorga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan 160 mln so‘mlik jarimani bartaraf etib berish evaziga 1000 AQSH dollari talab qilgani aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdorning topshirig‘i bilan pulni olayotgan vositachi ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida Elektr ta’minoti korxonasi muhandisi quyosh panellari o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan noqonuniy ravishda 1000 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, muhandis tadbirkorga mijozlar yo‘naltirish, texnik shart va zarur hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga jami 5 ming AQSH dollari talab qilgan. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!