$
12593.77 UZS
90.78
158.49 UZS
2.55
14698.19 UZS
213.48
37° Kechasi 23°

Kun tarixi: 4-yanvar – Isaak Nyuton dunyoga kelgan kun

16:14 / 04.01.2022

4-yanvar sanasi Nyuton kuni sifatida nishonlanishini bilasizmi? Sababi aynan mana shu kuni tarixdagi eng buyuk olimlardan biri Istak Nyuton dunyoga kelgan.

Olim 1643-yilning 4-yanvar sanasida Angliyada dehqonlar oilasida tavallud topgan. Boʻlgʻusi olim chala tugʻilgani va jismonan oʻta zaif boʻlgani tufayli yaqinlari uning yashab ketishiga umid ham qilishmagan. Olimning bolalikda doʻstlari deyarli boʻlmagan, sababi u vaqtining aksariyat qismini kitob oʻqish bilan oʻtkazar va mutolaadan deyarli boʻshamasdi. U ota-onasi bilan tez-tez tortishib qolgan, bunga kichik Isaakning ilm-fandan boshqa narsa bilan shugʻullanishni istamasligi sabab boʻlgan. U bolalik yillarida mustaqil ravishda oʻqib-oʻrgangan, boʻlgʻusi olimning ota-onasi uning ilm-fanga qiziqishini keraksiz tashvish deb hisoblashgan.

1655-yilda oʻsmir Istak Gretem maktabiga oʻqishga kiradi, bu yerda boʻlgʻusi olim atrofdagilarga oʻz qobiliyatlarini namoyish qilishni boshlaydi. 1661-yilda 18 yoshli Nyuton Kembrij universitetida tahsil olishga kirishadi.

Istak Nyuton tarixda matematik, fizik, mexanik va astronom sifatida nom qoldirgan. U fizika va matematika faniga koʻplab qonun hamda teoriyalarni kiritgan. Harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorugʻlik qonuniyatlari, yorugʻlikning tarqalishini chuqur oʻrgangan. U matematik hisoblarni qoʻllagan holatda samoviy jismlar harakatini tushuntirib bergan. Yerning tortishish kuchli borligini isbotlagan.

Istak Nyuton optika yoʻnalishini oʻrganish uchun ham katta kuch va vaqt sarflagan, spektrni 7 ta rangga ajratib chiqqan ham aynan Nyuton edi.

Nyuton bolalik yillarida sheʼrlar ham yozgan, ammo yoshi ulgʻayib fanga koʻproq qiziqib ketgani tufayli sheʼr yozishni butunlay tashlab qoʻygan.

Nyutonning boshiga tushgan olma

Nyuton va olma haqidagi hikoyani eshitmagan odamning oʻzi boʻlmasa kerak. Olma daraxtning tagida oʻtirgan olimning boshiga tushadi, buning natijasida olim tortishish kuchi qonunini kashf qiladi. Ushbu hikoyani rad etuvchi odamlar ham oz emas, ayrimlar esa unga bugungi kunga qadar ishonib kelishadi. Bunga ishonish yoki ishonmaslik har kimning oʻz ishi. Ammo, Kembrij botanika bogʻida mashhur olma daraxti bor – aytishlariga qaraganda, ushbu daraxt Nyutonning boshiga tushgan mashhur olma oʻsgan daraxt avlodi emish.

Nyuton kuni

Har yilning 4-yanvar sanasi ilm-fan olami vakillari orasida Nyuton kuni sifatida nishonlanadi, uning fan uchun qilgan xizmatlari yodga olinadi.

Olim uzoq yillar davomida oʻzi tahsil olgan Kembrij universitetida oʻqituvchi sifatida dars bergan, ammo uning maʼruzalari talabalarni koʻp ham qiziqtirmagan.

Qiziqarli faktlar

- Istak Nyuton Galiley, Kepler va Dekartni tarixdagi eng buyuk uch odam deb bilgan.

-  Olim ilm-fanga yildan yilga chuqur kirib borganiga qaramay, umrining soʻngiga qadar xudojoʻy boʻlib qolgan. 7

- Olim oʻz kashfiyotlarini ommaga oshkor qilishga hech qachon shoshilmagan. Shu tufayli uning aksariyat kashfiyotlari oradan 20-30 yil oʻtibgina eʼlon qilingan.

- Istak Nyuton ilm-fan yoʻnalishidagi xizmatlari yuksak baholanib, ritsarlik ordeniga munosib koʻrilgan Angliyaning ilk fuqarosi boʻlgan.

Shaxsiy hayot

Istak Nyuton hech qachon oila qurmagan. U butun umri davomida oʻzini yolgʻiz his qilishini takrorlab yurgan.

Buyuk olim 1727-yilda vafot etgan, uning dafn marosimida butun London aholisi jam boʻlgan.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda nechta teatr faoliyat yuritmoqda?

O‘zbekistonda nechta teatr faoliyat yuritmoqda?

Statistika qo‘mitasi bu boradagi ma’lumotlarni ochiqladi
20:03 / 08.08.2025
Afrikaning 23 davlatida vabo tarqaldi

Afrikaning 23 davlatida vabo tarqaldi

Kasallik ko‘pincha kambag‘al odamlarga va toza ichimlik suviga ega bo‘lmagan ijtimoiy zaif qatlam vakillariga ta’sir qilishi…
15:18 / 09.08.2025
Rossiyada soda zavodi portladi

Rossiyada soda zavodi portladi

Hozirda voqea joyida tezkor xizmatlar va prokuratura ish olib borayotgani bildirilgan.
16:28 / 09.08.2025
O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o…
14:26 / 08.08.2025
Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi birinchi AES qurilishi boshlandi

Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi birinchi AES qurilishi boshlandi

Qo‘shnilarimiz mazkur loyihani Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda
20:19 / 08.08.2025
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda soat 08:58 da zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentrda sezilish kuchi: 4 ball.
09:17 / 08.08.2025
Toshkent viloyatida Kia Sonet va Cobalt o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida Kia Sonet va Cobalt o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
14:57 / 08.08.2025
10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm …
17:45 / 09.08.2025
O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar XTT a’zolarini qo‘lga oldi

O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar XTT a’zolarini qo‘lga oldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkaz…
10:06 / 09.08.2025
Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda …
15:28 / 09.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!