$
12088.98 UZS
23.49
154.47 UZS
-1.19
13801.99 UZS
47.33
31° Kechasi 18°

Laboratoriya hayvonlariga ozor yetkazish uchun qonunda ruxsat berilganmi?

15:33 / 28.09.2022

Olimlar tadqiqotda foydalaniladigan hayvonlarning aziyat chekishlarini eng minimal darajaga tushirishga intilayotganlarini, biroq bu oson emasligini ta’kidlashmoqda. 

AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, hayvonlarni muhofaza qiluvchi qonun doirasida taxminan 820 800 ta it, mushuk, dengiz cho‘chqasi va boshqa hayvonlar himoyaga olinadi va ulardan turli tadqiqotlarni o‘tkazishda foydalaniladi. Ulardan taxminan 71 000 tasi chidab bo‘lmas og‘riqqa duchor qilinadi. Shunisi borki, bu statistikada millionlab sichqonlar, kalamushlar qayd etilmagan. Chunki ular qonunda kiritilmagan (kemiruvchilar uchun boshqacha tizim amal qiladi). Olimlar, tadqiqot davomida laboratoriya hayvonlarining og‘riqlarini kamaytirishga harakat qilishlarini ta’kidlashadi. Ammo biz sichqon yoki baliq qay darajada ozorlanishini, qaysi vaqtda og‘riq benihoya kuchayishini  bilmaymiz-ku?   

Joriy yil boshida gazetalarda Shveysariya oshxonalarida omarlarni tirikligicha qaynoq suvga tashlab pishirish taqiqlanganligi haqida yozishgan edi. Katta qisqichli, rudimentar asab tizimiga ega bu qisqichbaqasimon jonivorning og‘riq sezishini kim biladi? Eng qizig‘i, shved hukumati omarlarni qozonga tashlashdan oldin o‘ldirishni talab qilmoqda. Men bu maqolani o‘qib juda ham g‘alati ahvolga tushdim. Shundan keyin qiziqa boshladim: olimlar ilmiy maqsadlarda foydalanilayotgan jonivorlarning og‘riqni qay darajada his qilishlarini qanday aniqlashar ekan? Albatta, inson kasalligi yuqtirilgan jonivorlar davolash ishlari strategiyasini ishlab chiqishga ulkan hissa qo‘shishadi. Qolaversa, olingan foyda hayvon tortgan azob darajasidan yuqori bo‘lishi kerak, deb hisoblashadi hayvonlarni himoya qiluvchi etika mutaxassislari.

Ko‘pgina mamlakatlarda laboratoriya hayvonlariga aziyat yetkazishni imkoni boricha kamaytirish haqidagi masala ko‘rib chiqilmoqda. Olimlar uzoq davrlar mobaynida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida kemiruvchi va boshqa hayvonlarning og‘riqning qay darajada ekanligini aks ettiruvchi omillarni ishlab chiqishgan. Misol uchun, sichqon nurning kuydirishini his qilganda oyog‘ini qanchalik tez orqaga tortishiga e’tibor beriladi. Shundan keyin unga og‘riq qoldiruvchi vositalar beriladi va tajriba takrorlanadi.

Bundan murakkabroq usullar borki, ular yordamida og‘riq jonivorni qay darajada bezovta qilayotganini bilib olish mumkin. Masalan, og‘riqdan azoblanayotgan sichqonga ikki xil ovqat beriladi. Ovqatning biriga analgetik aralashtiriladi. Sichqon og‘riqni yengillashtiruvchi ovqat yonida uzoq muddat qolib ketadi. Agar u har ikkala ovqatga bir xil munosabat bildirsa, demak og‘riq unchalik bezovta qilmayotganini anglatadi. Darvoqe, odamlar uchun ishlab chiqilgan analgetiklarning ko‘pchiligi hayvonlarga ham to‘g‘ri keladi.  
  
Qorin bo‘shlig‘ida jarrohlik o‘tkazilgan ayrim kemiruvchilarda og‘riqning ayrim belgilari bo‘ladi: qiyin va ishonchsiz harakat, uya qazish va qurish odatlarining o‘zgarishi kabi. “Sichqonlar juda katta ishtiyoq bilan uya kavlashadi. Lekin qattiq og‘riq his qilishayotganda, bunga kuch sarflashmaydi va bu biz uchun bevosita signal vazifasini o‘taydi”, – deydi olimlardan biri.

Qolaversa, olimlarda jonivorlarning tajribalar jarayonida qay darajada noqulaylik his qilishayotganini, aziyat chekayotganini o‘lchovchi, surunkali og‘riqlari bor-yo‘qligini aniqlovchi usullar mutlaqo yo‘q. Ustiga-ustak hayvonlarning ayrim turlari og‘riqni his qilish-qilmasliklari haqida bahslar ham mavjud. Gap nafaqat katta qisqichbaqalar, balki miyalari nihoyatda kichkina baliqlar haqida ham boradi.

Darhaqiqat, aksar jonivorlar og‘riqlarga refleks tarzda munosabat bildirishadi, biroq bu og‘riq tufayli aziyat chekayotganini bildirmaydi-ku. “Biz hech qachon qisqichbaqa va baliqlar buni his qiladilarmi, yo‘qmi, aniq bilolmaymiz, biroq oxirgi tadqiqotlar hayvonlarning og‘riqdan juda kuchli azoblanishi haqida aniq isbotlaydi.” – deydi Shveysariyadagi Bern universiteti hayvonlarni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Gannon Vyurbel.

AQSh qonunlariga ko‘ra, tadqiqot laboratoriyalari quyidagi mantiqdan kelib chiqqan holda ish yuritishlari kerak: odamlarda og‘riq hosil qiluvchi narsalar hayvonlarga va hatto baliqlarga ham xuddi shunday ta’sir qiladi. Tadqiqot doirasida u yoki bu jonivor qay darajada aziyat chekishi mumkinligini maxsus qo‘mita hal qiladi. Bu tizimlarning asosiy vazifasi – tadqiqot tashkilotlarida hayvonlarni qanday parvarish qilishayotgani va ulardan qay darajada foydalanayotganlarini nazorat qilishdir. Nazorat esa AQShning hayvonlar muhofazasi haqidagi qonuni va jamoat sog‘ligini saqlash xizmati tamoyillari va qoidalari asosida amalga oshiriladi. 

Jorjtaun universiteti bioetigi Tom Boshamp bundan har bir holat individual ekanligini aytadi: “Ko‘pchilik odamlar bu borada doimo bahslashib yurishadi, laboratoriya tadqiqotlarida jonivorlardan foydalanish haqida har xil fikrlar har kun paydo bo‘ladi”.  AQShdagi qoidalarga qaraganda Yevropa ittifoqida qo‘llaniladigan qoidalar bir muncha qattiq: har bir holat rasman va detallarigacha tahlil qilinishi shart.  Hayvonlar muhofazasi instituti prezidenti Keti Lissning fikricha, AQSh bu masalada dunyoning ko‘pgina davlatlaridan ancha orqada qolib ketgan, chunki, ular laboratoriya kemiruvchilarini hayvonlar himoyasi haqidagi qonunga kiritishmagan.   

Biroq dalil dalilligicha qoladi – agar qimmatli ilmiy ma’lumot olish zarurati bo‘lsa AQShda ham, Yevropada ham qonunchilik jonivorlarga cheksiz aziyat yetkazishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, olimlar agar diskomfortni pasaytirish uchun og‘riqsizlantiruvchi vositalar qo‘llanilsa, bu natijalarga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotir ham olishadi. Boshqa tarafdan, og‘riq javob reaksiyasini yuzaga chiqarishi ham mumkin – to‘laqonli uyquga xalaqit beradi va jarrohlikdan keyingi tiklanish jarayonini qiyinlashtiradi. Bu, demak, agar og‘riq pasaytirilmasa, tajriba natijalari ham buzilishi mumkin. Oqibatda nima qilish kerak, qay holatda aniq natijaga erishish mumkin?  

Shu tariqa hamma vaqt ham yechimi topilavermaydigan ilmiy boshog‘rig‘iga duch kelamiz. Ehtimol, juda kuchli og‘riq ostida o‘tkazilgan tadqiqot natija berar? Yana savol paydo bo‘ladi: bu shunga arziydimi? Har bir ilmiy tadqiqotning natijasi shu qadar muhimmi, uni deb jonivorlarga bu qadar azob berilsa?   

Ketti Lissning fikricha, tadqiqotchilar o‘z tadqiqotlarida hayvonlardan foydalanishini jiddiy asoslab berishlari kerak: “Me’yor juda ham baland bo‘lishi va tirik jonzotni azoblash natijasi o‘zini oqlashi lozim”. Joriy yilning mart oyida tibbiyot sotsiologi Pandora Paund va hayvonlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchi Kristin Nikol Buyuk Britaniyadagi Bristol universitetidagi ma’ruzasida hayvonlarda tadqiqot o‘tkazishga oid  umumiy manzarani bayon qilishdi. Ular birinchi ishida 6 ta dori vositasining hayvonlarda amalga oshirilgan 212 ta sinovining zarari va foydasini o‘rganishgan. O‘sha dori vositasining 4tasi hozir klinik amaliyotda qo‘llanilmoqda. Barcha tadqiqotlar 1967-2005-yillar davomida o‘tkazilgan va 27 149 ta sichqon, cho‘chqa, qo‘y, maymun va boshqa hayvonlarda sinalgan.

Aniqlanishicha, ko‘pgina hayvonlarga jiddiy zarar yetkazilgan. Qolaversa – barcha tadqiqotlarning 13 foizida anesteziya qo‘llanganligi haqida ma’lumot yo‘q. 97 foizida og‘riqsizlantiruvchi vositalar qo‘llanilmagan. Paund va Nikol aksar ko‘pchilik tadqiqotlar juda ham yomon tashkillashtirilgani va klinik amaliyotga hech qanday foydali axborot keltirmaganligini ham aniqlashgan. “Bunday sharoitlarda hayvonlarga yetkazilgan har qanday og‘riq, o‘zini ma’naviy jihatdan oqlamaydi”, – deyishmoqda ular. Qolaversa, umumiy tadqiqotlarning 93 foizi nazoratdan o‘tmagan. 

Bu fikrlar, garchi bahsli bo‘lsa ham biroz hushyor torttiradi. Paund o‘z qarashlari uchun ilmiy jamiyatda tez-tez tanqidga uchrab turadi. Yuqorida keltirilgan fikrlariga qarshi savollar ham berishadi. Chunki birinchidan, hech qachon har qanday tadqiqotning natijasini oldindan prognozlab bo‘lmaydi. Ikkinchidan, hayvonlar ishtirokida o‘tkaziladigan fundamental tadqiqotlarda bunday masalalarni amalga oshirish deyarli mumkin emas.  

Shunga o‘xshash tajribaning muallifi bo‘lgan britaniyalik olimlarning aytishicha, agar ularga og‘riq  qoldiruvchi preparatlar berilganida esa, ular jarrohlik amaliyotini bir muncha oson o‘tkazishgan bo‘lishar edi. Paund shuningdek, jarrohlikdan keyingi tiklanish jarayonidagi og‘riqlar nisbiy zarar va foyda ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi yagona omil emasligini izohlaydi. Bu tadqiqot mualliflari og‘riqqa mubtalo qilish maqsadga muvofiq emasligiga ishonishadi va  hayvonlarga muqobil bo‘luvchi texnologiyalarni qo‘llashni taklif etishadi. 
   
Misol uchun, shveysariyalik biolog Vryubelning fikricha, bunday radikal usullarni qo‘llashga hali erta.  To‘g‘ri, deydi u, britaniyalik olimlarning tadqiqotlari innovatsion, bunga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Biroq bu hayvonlarni fanga jalb qilishni tahlil qiluvchi meta-tadqiqotlardan bittasi xolos. “O‘ylaymanki, fan rivoji maqsadida foydalanilgan hayvonlarga oid barcha tadqiqotlarni baholay olsak, unda nisbatan aniq manzara namoyon bo‘ladi. Shaxsan men, hayvonlar bizga juda ko‘p narsani bilishga ko‘maklashgan bo‘lar edi, deb tushunaman”, deydi biolog.

Agentlik jonivorlar parvarishiga va tajribalarda ulardan insonparvarlik maqsadlarida foydalanishlariga juda ham jiddiy yondashadi. Hozirda Britaniya tadqiqotlarida juda eski usullar qo‘llanilayotgani, bu usullar esa laboratoriya hayvonlaridan foydalanishga oid Amerika standartlariga to‘g‘ri kelmasligi qayd etilgan. Ularda shuningdek, hayvonlarda o‘tkaziladigan tadqiqotlar insoniyat uchun o‘ta xavfli kasalliklarni davolash yo‘llarini ishlab chiqishga ko‘maklashgani va bu hali hamon foyda keltirayotgani ham ta’kidlangan.  
 
Vryubel turli tadqiqotlarni turli jonivorlarda o‘tkazish birinchi navbatda hayvonlarning o‘zi uchun yaxshi emasligni izohlar ekan, tajriba o‘tkazish borasida hali ancha “o‘sish” shartligini, jonivorlarda pala-partish tadqiqot o‘tkazish masalasini hal qilish kerakligini aytadi va noto‘g‘ri o‘tkazilgan tadqiqot natijalari odamlarda qo‘llanilsa, undan ham yomoni bo‘lmasligini, bunga hatto tanqidlar ham dosh berolmasligini uqtiradi. Vryubel o‘z fikrini “Agar tadqiqot ishonchli natija bermasa, unda bu jonivorlarni bema’ni o‘ldirishdir”, deya yakunlagan.

 

 

 


Ilm-fan


														
														Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026

														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

														
														Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

2025-yil 8-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining PQ‑279‑son qaroriga binoan, Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi.
16:41 / 19.09.2025

														
														O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

Bu boradagi statistika bilan tanishamiz
17:54 / 10.09.2025

Bu ham qiziq

Samarqandda prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan B…
11:17 / 14.07.2026
Bugun, 16-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 16-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 15-iyul soat 20:00 dan 16 -iyul soat 20:00 gacha
17:06 / 15.07.2026
Bogdan Guskov UFC sobiq chempioni Magomed Ankalayevga qarshi jang qiladi

Bogdan Guskov UFC sobiq chempioni Magomed Ankalayevga qarshi jang qiladi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov navbatdagi jangini yarim og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni Magomed Ankalayev…
15:20 / 14.07.2026
Argentina ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaliga chiqdi

Argentina ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaliga chiqdi

2026-yilgi Jahon chempionati yarim finalida Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta final yo…
09:55 / 16.07.2026
Navoiydagi ayrim bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopildi

Navoiydagi ayrim bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopildi

Navoiy viloyatining ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari anomal issiq sabab 4 kunga o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu h…
15:57 / 14.07.2026
JSST O‘zbekistonni zilzila xavfi haqida ogohlantirdi

JSST O‘zbekistonni zilzila xavfi haqida ogohlantirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning ayrim hududlari yuqori seysmik faollik zonasida …
16:00 / 14.07.2026
Bugun, 15-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 15-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 14-iyul soat 20:00 dan 15-iyul soat 20:00 gacha
16:28 / 14.07.2026
Jazirama sabab Surxondaryoda og‘ir yuk mashinalari harakati cheklandi

Jazirama sabab Surxondaryoda og‘ir yuk mashinalari harakati cheklandi

Surxondaryo viloyatida anomal issiq sabab og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi. Bu haqda vil…
15:03 / 14.07.2026
Nasiya savdo va kredit reklamalarida yakuniy narxni ko‘rsatish majburiy bo‘ladi

Nasiya savdo va kredit reklamalarida yakuniy narxni ko‘rsatish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan kredit, muddatli to‘lov va nasiya savdoga oid reklamalarda tovar yoki xizmat…
10:26 / 16.07.2026
O‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarima bekor qilinadi

O‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarima bekor qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolik pasporti, ID-karta yoki xorijga chiqish pasportini yo‘qotganlik uchun ma’muriy javobgarlikni bekor q…
09:59 / 16.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!