2024-yil 19-sentyabr kuni Mang‘istau – Nukus yo‘lovchi poyezdi yo‘nalishida yong‘in hodisasi yuz berdi. Soat 14:47 da teplovozning “B” seksiyasining turbokompressoridan uchqun chiqa boshlagan. Bu esa vagonlararo tutashuvlarda maxsus rezina plastinalarning yonishiga olib keldi.
Shundan so‘ng, mashinist tomonidan teplovoz harakat tarkibidan soat 14:50 da uzilib yong‘in bartaraf qilingan va soat 15:30 harakatni davomi ettirgan. Yuqorida keltirib o‘tilgan holat bo‘yicha fuqarolarga va yo‘lovchi vagonlariga shikast yetmagan.
Shuningdek, ushbu yo‘lovchi poyezd Nukus stansiyasiga soat 16:23 kirib kelgan (1 soat 3 daqiqa jadvaldan kech kirib kelgan).
Hodisa natijasida mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi va qolgan lokomotivlar yong‘in xavfsizligi bo‘yicha takroriy tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Xabarda aytilishicha, hozirda lokomotiv ta’mirlanib, foydalanishga tayyor holatda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!