Sergeli tumanidagi Buyuk avlod şoh köçasida ofisi joylaşgan “Imarat Development” mas’uliyati çeklangan jamiyat (MÇJ) faoliyati yuzasidan bir neça fuqaro tomonidan işonçsizlik bildirilib, jamiyat rahbariyatiga nisbatan qonuniy çora köriş söralgan. Mazkur murojaatlar yuzasidan Toşkent şahar IIBB tomonidan ötkazilgan tekşiruv davomida quyidagilar aniqlangan.
“Imarat Development” MÇJ tomonidan qurilişi rejalaştirilgan köp qavatli turar joy binolari Toşkent viloyatining Quyiçirçiq tumani hududida joylaşgan. Uşbu turar joylar Toşkent viloyati hududida qurilayotgani sababli ayrim fuqarolar norozilik bildirib, xonadonlar uçun amalga oşirgan tölovlarini qaytarişni sörab, MÇJ rahbariyatiga murojaat qilişgan, biroq tölovlar qaytarilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”), 192 prim.11-moddasi (“Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari Toşkent şahar IIBB boşliği hamda prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tergov natijalariga köra, qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!