Germaniyaning Darmshtadt texnika universiteti tadqiqotchilari iPhone o‘chirilgan holatda ham xavf ostida bo‘lishi mumkinligini aniqlashdi.
Qayd etilishicha, iPhone o‘chirilganda, Bluetooth, NFC va ultra keng tarmoqli (UWB) kabi simsiz chiplarning aksariyati 24 soatgacha ishlashda davom etadi. Shuning uchun, telefonni “My Find” orqali topish va hatto, smartfonga ulangan kredit kartalari va raqamli kalitlarga kirish ehtimoli saqlanib qoladi. Ushbu simsiz chiplar xavfsiz elementga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish huquqiga ega va hatto iOS ishlamay qolganda ham iPhone’ga zararli dasturlarni o‘rnatish uchun ishlatish mumkin.
Simsiz chiplar kam quvvat rejimida ishlaydi (Low-Power Mode). Buni batareyaning ishlash muddatini uzaytiruvchi quvvatni tejash rejimi bilan adashtirmaslik kerak. LPM’ni qo‘llab-quvvatlash apparatda amalga oshiriladi, ya’ni bu muammoni dasturiy ta’minot yordamida tuzatib bo‘lmaydi.
Tadqiqotchilar iOS 15 da kiritilgan LPM funksiyalarining xavfsizlik tahlilini o‘tkazdi va Bluetooth LPM mikrodasturini iPhone’da zararli dasturlarni ishga tushirish uchun o‘zgartirish mumkinligini aniqlashdi.
Bu bo‘shliqlar ilgari ko‘rib chiqilmagan va tizim darajasida ruxsatga ega bo‘lgan xakerlarga kimningdir joylashuvini kuzatish yoki telefonda yangi funksiyalarni ishga tushirish imkonini berishi mumkin. Muammo LPM funksiyalarining funsionallikni hisobga olgan holda ishlab chiqilganligi va mo‘ljallangan ilovalardan tashqari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga unchalik e’tibor berilmaganligi oqibatidir.
Tadqiqot natijalari Apple kompaniyasiga topshirilgan, biroq texnogigant ushbu vaziyatga izoh bermagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!