Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
12-sentabr kuni gumonlanuvchi K.M. protsessual tartibda ushlangan va sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo ‘llangan.
Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda. Jabrlanuvchi bola va uning oilasiga psixologik, tibbiy, ijtimoiy hamda huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Bolalar ombudsmani ham ish bo ‘yicha bolaning qonuniy manfaatlari ta’minlanishini kuzatib bormoqda.
Mutasaddi tashkilotlar holat yuzasidan faqat rasman tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanishni, bolaning sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘ramoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!