Samarqand shahrida yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, undan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
“O‘zenergoinspeksiya” hamda “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida tadbirkor T.B.ga tegishli korxona gaz tarmog‘iga hech qanday hujjatsiz ulangani ma’lum bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 3 milliard 672 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.