O‘zbekistonda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbirda mamlakatning yosh aholisi salohiyatidan samarali foydalanish, aholi, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani ma ’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, mamlakat kelajagi nafaqat aholi soni, balki aholining qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan ham belgilanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!