Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuvimiz juda mazmunli bo‘ldi-Saida Mirziyoyeva
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida ortda qolgan yo‘l va oldimizda turgan yakuniy vazifalar haqida atroflicha fikr almashdik.
Bu jarayon biz uchun shunchaki xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lish emas. Bu — iqtisodiyotimizni yanada ochish, tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish va O‘zbekistonning jahon savdosidagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam.
Ngozi Okonjo-Iveala xonimning shu vaqtgacha ko‘rsatib kelayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlashi va ekspertlik yordami biz uchun juda qadrli.
Yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik. Endi eng muhimi — sur’atni pasaytirmasdan, qolgan vazifalarni ham izchil amalga oshirib, boshlangan ishni munosib yakunlash.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!