Saida Mirziyoyeva BMT minbaridan turib O‘zbekistonning global pozitsiyasini e’lon qildi
Global ziddiyatlar keskinlashib, xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch tanqisligi sezilayotgan bir davrda, O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar va qat’iy tashqi siyosiy yo‘nalishini yana bir bor jahon jamoatchiligiga e’lon qildi.
Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasining nufuzli minbaridan so‘z olgan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugungi murakkab dunyoda O‘zbekiston tanlagan yo‘l o‘zgarmas ekanini qat’iy ta’kidladi:
“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz”.
Tarixiy nutq davomida faqatgina tashqi siyosat emas, balki mamlakat ichida kechayotgan tub o‘zgarishlar va zamonaviy global chaqiriqlar ham bosh mavzu sifatida ilgari surildi. Xususan:
Mintaqada shakllangan yaxshi qo‘shnichilik ruh va o‘zaro manfaatli hamkorlik bugun butun dunyo e’tirof etayotgan real voqelikka aylangani qayd etildi.
O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini kafolatlash yo‘lida qat’iy qadamlar tashlanayotgani urg‘ulandi.
Global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda xalqaro hamjamiyat birgalikda harakat qilishi zarurligi eslatildi.
Sun’iy intellekt taraqqiyoti, uni axloqiy me’yorlar va inson manfaatlari yo‘lida qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!