Navoiy shahar hududida joylashgan “Qarnab” kuzatuv blok postida 1-smenada xizmat olib borish uchun jalb etilgan YPX inspektori safdor Zafar Muhammadov Qarnab-Navoiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia-1 rusumli avtomashina haydovchisi xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan kelayotganligi sababli to‘xtadi. Haydovchining hujjatlari tekshirilganda toshkentlik haydovchi M.A davlat raqami belgisini o‘zgartirilganligiga guvoh bo‘ladi. YPX xodimi tegishli tartibda hujjat rasmiylashtirib avtomashina jarima maydoniga olib boriladi.
Fuqaro M.A YPX inspektori safdor Z.Muhammadovga mashinasini qaytarishi evaziga 1 mln so‘m pul berishini aytadi. Va ertasi kuni YPX inspektori bilan uchrashib 100 AQSh dollarini unga tutqazadi.
Holat bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilayotganini payqab qolgan M.A pulni olib shu zahoti yutib yuboradi.
Maʼlum qilinishicha, tibbiyot xodimlari M.A. da endoskopik tekshiruv o‘tkazib, uning oshqozonidagi 100 AQSh dollarini chiqarib olgan.
Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!