$
12374.55 UZS
-48.35
153.13 UZS
-1.17
14425.01 UZS
-32.76
36° Kechasi 21°

Ogʻizdan noxush hid kelishining sababi nima?

21:04 / 22.10.2022

Ogʻiz boʻshligʻidan kelayotgan noxush hidni haqiqiy muammo desa boʻladi. U birinchi uchrashuv, muhim masala boʻyicha koʻrishish va hattoki, ishga kirish uchun boʻlib oʻtadigan suhbatni ham chippakka chiqarishi mumkin. Koʻpincha ushbu muammo gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan holdagina roʻy berishi kuzatiladi. Ogʻiz boʻshligʻida uchraydigan noxush hid tibbiyot tilida “holitoz” deb nomlanadi. Quyida ushbu kasallikning oldini olish va uni bartaraf etish boʻyicha foydali maslahatlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Noxush hid oʻzingizga seziladimi?

Ogʻizdan kelayotgan noxush hid insonning oʻziga emas, balki atrofdagilarga sezilishi mumkin. Hidning qandayligi, bor yoki yoʻqligini quyidagi usullar orqali tekshirib koʻrish mumkin.

1. Choyqoshiq yoki nam sochiq bilan til soʻlagidan oz miqdorda oling va taxminan 40 soniya namlik qurishini kuting, soʻngra hidlang.
2. Tish oralaridan ham ip yordamida soʻlak olib, takrorlang.
3. Qoʻlingizni yalang va 40 soniyadan soʻng hidlang.
Agar natija salbiy boʻlsa, muammoni uy sharoitida bartaraf etishga urinib koʻring.

Ishni tish pastasi tanlashdan boshlang

Olimlarning aniqlashicha, tarkibida vodorod peroksid kristal moddasi boʻlgan tish pastalari nafas yoʻlini tozalaydi. Shuningdek, noxush hid keltirib chiqarayotgan soʻlaklarni davolashda samarali vosita hisoblanadi.

Tishlaringizni toʻgʻri yuving

Buning uchun kun davomida kamida ikki marotaba (ertalab va kechki payt) tishingizni yuvish uchun uch daqiqa vaqt ajratishingiz zarur. Tish choʻtkasi 45 daraja burchak ostida joylashtirilgan boʻlishi kerak. Avval old, soʻngra orqa qismdagi tishlaringizni yuvishga odatlaning. Choʻtka yordamida tish ustidagi soʻlaklarni yoʻqotish uchun pastki tishlarni pastdan yuqoriga, yuqoridagilarini esa aksincha yuvish kerak. Shuningdek, orqa qismdagi chaynovchi tishlarni aylana harakat bilan tozalash maqsadga muvofiq.

Tilingizni ham tozalang

Tilda ham sezilishi qiyin boʻlgan soʻlak qoplamasi mavjud. Buning uchun maxsus til tozalovchi kurakcha, choʻtkaning orqa qismi yoki qoshiqchadan foydalansangiz boʻladi. Asosan, bakteriyalar toʻplanadigan tilning ildiz qismiga eʼtibor bering. Bu aynan noxush hidning makonidir. Tushungan boʻlsangiz, til ana shu bakteriyalardan xalos boʻlsa, noqulaylik keltirib chiqarayotgan hid ham oʻz-oʻzidan yoʻqola boradi.

Bundan tashqari, tanovuldan soʻng tishlar orasida qolgan ovqat qoldiqlari ham noxush hid keltirib chiqaradi. Bu holatda tish tozalovchi maxsus ipning yalpiz hidligidan foydalanganingiz maʼqul. Shuningdek, bu vosita milklar qonab ketishini ham kamaytiradi.

Ogʻiz irrigatoridan foydalaning

Ushbu tibbiy qurilma ogʻiz boʻshligʻi tozaligini saqlash uchun moʻljallangan. Sunʼiy tish foydalanuvchilarining fikriga koʻra, irrigator moslamasi yordamchi vositalarning biridir. Qurilma yordamida tozalash qiyin boʻlgan tishlarni ham oziq-ovqat qoldiqlaridan butkul qutqarish mumkin.

Ogʻzingizni chaying

Jarayon oxirida ogʻiz boʻshligʻini yaxshilab chaying. Buning uchun maxsus antiseptik suyuqliklar mavjud. Ular bakteriyalarni oʻldiradi va uzoq vaqt mobaynida ular keltirib chiqaradigan muammodan xalos boʻlasiz.

Sarimsoq va piyoz hididan qanday xalos boʻlish mumkin?

Buning uchun sarimsoq va piyozni hid kesuvchi boshqa mahsulotlar bilan tanovul qilish tavsiya etiladi. Bular – olma, yalpiz va salat bargi. Agar ular xom isteʼmol qilingudek boʻlsa, yanada taʼsir kuchi ortadi. Bu nafaqat xalq tabobati, balki ilmiy tomondan ham isbotlangan usul. Ularning tarkibidagi moddalar ogʻiz boʻshligʻida saqlanib qoluvchi hidlarni yoʻqotishga qodir.

Spirtli ichimlik hididan qanday qutulish mumkin?

Spirtli ichimlik hidi ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach hamda oshqozondagi qoldiqlar hisobiga saqlanib qoladi. Buni bartaraf etish uchun:
— ogʻzingizni chaying;
— saqich chaynang;
— tabiiy qahva iching.

Ammo tamaki hidini bartaraf etishda kurashish biroz farq qiladi. Buning uchun:

— peshob haydash uchun koʻproq suyuqlik ichish kerak. Bu orqali toksinlar tezroq organizmdan chiqib ketadi.
— issiq dush qabul qilish kerak, bu bilan teridagi mayda teshikchalar ochilib, modda almashinuvi faollashadi.
— modda almashinuvini tezlashtirish uchun ishtahani ochuvchi xushtaʼm yoki achchiqroq mahsulot isteʼmol qilish kerak.

Qanday qilib noxush hiddan butunlay qutulish mumkin?

Holitozdan umumiy va butunlay davolanish uchun maxsus dori vositasi yoʻq, afsuski. Ammo siz tish shifokorining nazoratidan muntazam oʻtib borsangiz, maʼlum muddat bu muammo haqida unutishingiz mumkin. Tish choʻtkasining imkoniyati yetmagan joylar, yaʼni yaxshi tozalanmay qolgan tishlar tufayli turli xil kasalliklar – kariyes, pulpit, parodontoz paydo boʻladi. Agar ularni davolamoqchi boʻlsangiz, tishlaringizni yetarlicha tozalang.

Gigiyenaga amal qilish foyda bermasa nima qilish kerak?

U holda shifokor koʻrigidan oʻting. Muammo nimada ekanligini otolaringolog, endokrinolog va gastroenterolog aniqlab beradi. Buning uchun ularning har biri alohida davolash kursini tayinlaydi. Sababi, noxush hid keltirib chiqaradigan kasalliklar mavjud.

Bular:

Surunkali tonzillit. Bu bodomsimon bezlarda “tiqin” paydo qiladi. Aynan shu yerda bakteriyalar yigʻilishni boshlaydi. Albatta, LORning yordami bilan bodomsimon bezning yalligʻlanishidan xalos boʻlasiz.

Qandli diabet. Nafaqat hid, balki chanqoq va ogʻizdagi quruqlik ham kasallikdan darak beradi. Endokrinolog yordami bilan kasallik belgilarini kamaytirish mumkin.

Gastrit kasalligida asosan ovqatlanishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish kerak. Ushbu savollar uchun gastroenterologga murojaat qilgan afzal.

Helicobacter pylori – oshqozon yarasini keltirib chiqaruvchi bakteriya. Bunda infeksiya soʻlaklar orqali yuqish mumkin. Shuning uchun ham bunday kasallar bilan bir idishdan ovqat tanovul qilish hamda oʻpishish mumkin emas. Bakteriya tananing ichida rivojlanadi va holitoz buning belgilaridan biridir. Albatta, mutaxassislar yordamida ushbu kasallikka davo topishingiz mumkin.


salomatlik


														
														Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Bu borada mutaxassis fikri bilan tanishamiz
21:03 / 27.08.2025

														
														Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi loyihalarning taqdimoti bilan tanishdi
20:47 / 19.08.2025

														
														Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Olimlar hatto unutilgan xotirani tiklashni ham o‘rganishdi
21:51 / 10.08.2025

														
														Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Mazkur ishlarning tahlili haqida Virusologiya instituti direktori Erkin Musaboyev axborot berib o‘tdi
19:18 / 20.07.2025

														
														2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha rasmiy statistikani taqdim etdi
21:26 / 08.07.2025

														
														Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025

														
														Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Har kuni millionlab insonlar telefonga tikilgancha, tun yarmida ham uyg‘oq yurishmoqda. Kimdir ishdan charchagan, kimdir esa…
17:23 / 26.04.2025

														
														Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya – eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri. Uni o‘z vaqtida davolamaslik infarkt, insult va yur…
16:30 / 15.01.2025

														
														“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi hisobot berdi. Unga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasa…
12:56 / 30.11.2024

														
														Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Ko‘p qahva ichish stress uchun mas’ul bo‘lgan kortizol gormoni ishlab chiqarishni oshiradi. Shu sabab husnbuzar va dog‘larni…
15:57 / 23.11.2024

Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi

“Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifining tadbirlarga boy dasturi 3-sentyabr kuni yakuniga yetdi…
14:14 / 03.09.2025
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi Liverpuldagi Jahon chempionati uchun tarkibini eʼlon qildi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi Liverpuldagi Jahon chempionati uchun tarkibini eʼlon qildi

4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida Jahon …
17:47 / 02.09.2025
Putin va Kim Chen In Pekinda muzokaralar o‘tkazdi

Putin va Kim Chen In Pekinda muzokaralar o‘tkazdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida bugun, 3-sentyabr kuni Pekinda uchrash…
12:04 / 03.09.2025
Rossiyada mushkul ahvolga tushib qolgan hamyurtlarimiz Vatanga qaytarildi

Rossiyada mushkul ahvolga tushib qolgan hamyurtlarimiz Vatanga qaytarildi

Novosibirskdagi bosh konsulxona yordamida 4 nafar yurtdoshimizga amaliy ko‘mak berildi
21:43 / 03.09.2025
3-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:30 / 02.09.2025
O‘zbekiston elchixonasi “Moskvada o‘zbekistonlik diplomatlar mahalliy fuqaroni urgani” haqidagi xabarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston elchixonasi “Moskvada o‘zbekistonlik diplomatlar mahalliy fuqaroni urgani” haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Sodir bo‘lgan voqea uchun Elchixonaga javobgarlikni yuklashga qaratilgan har qanday urinishlar asossiz va nomaqbul deb hisob…
12:44 / 03.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
21:08 / 02.09.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

Birlashgan Arab Amirliklaridan Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasiga olib kelindi.
16:39 / 03.09.2025
Farg‘onada yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Farg‘onada yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
21:15 / 02.09.2025
O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Davlat rahbari Xitoy biznesining O‘zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi
19:04 / 02.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!