$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Ozarbayjon Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi

09:42 / 07.02.2026

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi Rossiya elchisi Mixail Yevdokimovni chaqirtirib, unga norozilik notasi topshirdi. Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Ozarbayjon tomoni Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevrosiyo integratsiyasi va Rossiya bilan aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Zatulinning bayonotiga keskin norozilik bildirgan. Gap Zatulinning Ozarbayjonda Armaniston fuqarolari sudlangani haqidagi fikrlari haqida bormoqda. Shu sababli Rossiya elchisiga tegishli norozilik notasi topshirilgan.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Zatulin faoliyatini keskin qoralashini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, u uzoq vaqtdan beri Ozarbayjon Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi chiqmoqda, ayirmachilikni qo‘llab-quvvatlashini ochiqchasiga namoyish etmoqda va Armaniston fuqarolariga nisbatan sud qarorlarini buzib ko‘rsatishga urinmoqda.

Bayonotda ta’kidlanishicha, gap tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar, shuningdek, Armanistonning Ozarbayjonga qarshi harbiy tajovuzi natijasida sodir etilgan jinoyatlar uchun aybdor deb topilgan va hukm qilingan shaxslar haqida ketmoqda.

Uchrashuvda Ozarbayjon tomoni Rossiyani bunday (Konstantin Zatulin shaxslarning buzg‘unchi faoliyatini to‘xtatish uchun choralar ko‘rishga chaqirdi. Shuningdek, bunday xatti-harakatlar mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka, shuningdek, Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishi ta’kidlandi.

Boku harbiy sudi 5-fevral kuni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning sobiq besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Ular orasida sobiq prezident Araik Arutyunyan, Mudofaa armiyasining sobiq qo‘mondoni Levon Mnatsakanyan va uning o‘rinbosari David Manukyan, sobiq tashqi ishlar vaziri David Babayan hamda parlamentning sobiq spikeri David Ishxanyan bor. Rossiyalik deputat hukmni ”qatag‘on” deb atab, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni tanqid qilgan.

“Aslida Bokuda Tog‘li Qorabog‘dagi arman aholisining Sovet Ittifoqi parchalanishi jarayonida namoyon bo‘lgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qoralab, hukm chiqarishdi. Bu sud emas, balki qatag‘on edi”, – deya da’vo qilgan u. 

 



														
														YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026

														
														Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma jori…
18:35 / 02.09.2026

														
														AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda 36 yoshli ayol sud qarori bilan farzandining otasiga berilishi belgilanganidan so‘ng 11 oylik o‘g‘lini olib qochib, u…
12:55 / 30.08.2026

														
														AQSh Venesueladagi 17 ta neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

AQSh Venesueladagi 17 ta neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Bu haqda AQSH prezidenti o‘zining Truth Social sahifasida ma’lum qildi.
14:58 / 29.08.2026

														
														Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning “Ozodlik” ordeni – mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirl…
16:13 / 26.08.2026

														
														Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan o‘zidan oldingi prezident Robert Kocharyan hibsga olinganidan keyin mansab vak…
17:41 / 25.08.2026

														
														Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil 22-avgust kuni Suriya janubiga zarba berib, buni “terrorchi”ni yo‘q qilish amaliyoti deb atadi. Damashq esa havo hudu…
15:49 / 23.08.2026

														
														Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

“Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Evdokimov Tashqi ishlar vazirligi…
17:31 / 18.08.2026

														
														AQSh Bayden ma’muriyati qurbonlari uchun jamg‘arma yaratish rejasidan voz kechdi

AQSh Bayden ma’muriyati qurbonlari uchun jamg‘arma yaratish rejasidan voz kechdi

“Bosh prokuror vazifasini bajaruvchi Todd Blansh yakshanba kuni kechqurun prezident Tramp tarafdorlariga kompensatsiya to‘la…
17:29 / 03.08.2026

														
														Peruda sayyohlar samolyoti qulab tushdi

Peruda sayyohlar samolyoti qulab tushdi

Bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi.
16:40 / 02.08.2026

Bu ham qiziq

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026
Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026
O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliy ta’lim muassas…
13:01 / 06.09.2026
Isroilning Livan shimolidagi zarbalarida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Livan shimolidagi zarbalarida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiylarining Livan shimoliga uyushtirgan havo hujumlarida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan Qizil Xoch jamiyati…
15:10 / 06.09.2026
Tarixiy obidaga yangi hayot: san’at va madaniyat uchun yaratilgan yangi maskan

Tarixiy obidaga yangi hayot: san’at va madaniyat uchun yaratilgan yangi maskan

Toshkent markazida 1912-yilda barpo etilgan sobiq dizel elektr stansiyasi binosi poytaxt sanoat me’morchiligining noyob namu…
09:19 / 04.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026
Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Kuni kecha Saida Mirziyoyeva Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining o…
11:38 / 03.09.2026
Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Fransiya poytaxti Parijda o‘tkazilgan UFC Fight Night turnirida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev britaniyal…
09:33 / 06.09.2026
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!