Pokistonning Lahor shahrida xususiy o‘quv markazi tomining qulashi oqibatida 14 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Panjob viloyati favqulodda xizmatlari ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar vayronalar ostidan 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda 30 yoshli ayol o‘qituvchining jasadini olib chiqqan. Halok bo‘lgan bolalarning aksariyati 9 yoshdan kichik bo‘lgan.
Panjob viloyati axborot vaziri Azma Boxarining aytishicha, dastlabki tekshiruvlar o‘quv markazi rasman ro‘yxatdan o‘tmaganini hamda eski xususiy turar joy binosida faoliyat yuritganini ko‘rsatgan. “Tekshiruv davomida beparvolik, ehtiyotsizlik yoki qonunbuzarlik aniqlansa, aybdorlarga nisbatan qat’iy huquqiy choralar ko‘riladi”, — dedi vazir.
Shuningdek, Panjob hukumati musson mavsumi oldidan xavfli binolarni to‘liq ko‘zdan kechirish, ro‘yxatdan o‘tmagan o‘quv markazlari va xususiy ta’lim muassasalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergan. Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardari halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, bunday fojialarning oldini olish uchun ta’lim muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!